Виртуальная приемная

Neft-gaz tarmoğida korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş va xaridlar şaffofligini taʼminlaş böyiça öquv seminari ötkazildi

Главные новости 327 просмотров

Buxoro neftni qayta işlaş zavodi, şuningdek, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi neft-gaz tarmoğiga qaraşli tarkibiy tuzilmalarning 200 nafarga yaqin xodimi iştirokida korrupsiyaga qarşi kuraşiş va xaridlar jarayonini takomillaştirişga bağişlangan öquv seminari ötkazildi.

Seminarda xaridlar sohasidagi qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, xaridlarni shaffof tashkil etish talablari hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar muhokama qilindi.

Maʼruzaçilar korrupsiyaga qarşi kuraşişda har bir xodimning şaxsiy masʼuliyati muhimligini alohida taʼkidladilar. Xususan, korrupsiyaviy holatlar yoki manfaatlar töqnaşuvi aniqlangan taqdirda, Jamiyatning içki nazorat tizimi orqali xabar beriş tartibi tuşuntirildi.

Seminar yakunida iştirokçilarning savollariga javob berilib, xaridlar jarayonidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

Şuningdek, işçi guruh zavod rahbariyati bilan uçraşib, xarid jarayonlari, şartnomalar ijrosi va içki nazorat tizimini takomillaştiriş masalalarini muhokama qildi. Işçi guruh aʼzolari korxonaning işlab çiqariş maydonçasiga ham taşrif buyurib, işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar.

Bunday öquv seminarlari Jamiyatning boşqa hududlaridagi tarkibiy tuzilmalarda ham bosqiçma-bosqiç davom ettiriladi.

Похожие материалы