Hududiy kengaşlar aʼzolarining salohiyatini oşirişga qaratilgan treninglarning ikkinçi bosqiçi ötkazildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda imzolangan «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini taʼminlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi Qonun korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştirişda muhim huquqiy asos böldi. Xususan, hududiy kengaşlarning maqomi, vakolatlari va vazifalari ilk bor qonun darajasida mustahkamlanib, ular faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş uçun zamin yaratildi.
Qonunçilikdagi şu kabi yangilik va özgarişlardan kelib çiqib, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamkor taşkilotlar bilan birgalikda hududiy kengaşlar aʼzolarining bilim va amaliy könikmalarini oşiriş, ularning korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi taşabbuskorligi va faolligini kuçaytirişga qaratilgan öquv dasturlari mazmunini takomillaştirib, ularni izçil davom ettirmoqda.

Jumladan, joriy yilning 20-oktyabridan 13-noyabrga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlarda hududiy kengaşlar aʼzolari uçun navbatdagi treninglarning ikkinçi bosqiçi ötkazildi.
Treninglar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Asosiy maqsad — hududiy kengaşlar faoliyatining samaradorligini oşiriş, hududlardagi korrupsiyaviy muammolar va xavf-xatarlarni aniqlaş hamda baholaş, masʼul idoralar örtasidagi hamkorlikni muvofiqlaştiriş va korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan aniq çora-tadbirlarni işlab çiqiş könikmalarini mustahkamlaşdan iborat.
Treninglarning dastlabki kuni sohadagi qonunçilik normalari, ularning amaliy ahamiyati hamda hududiy kengaşlar faoliyatini samarali taşkil etiş masalalariga bağişlandi.
Amaliy maşğulotlarda hududlardagi mavjud vaziyatlar tahlil qilinib, axborot almaşiş, vazifalarni taqsimlaş va qarorlarni özaro muvofiqlaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş masalalari körib çiqildi. Şuningdek, muammolarni hududiy darajada hal etiş imkoniyatlari muhokama qilindi hamda respublika darajasida vakolatli organlar iştirokida körib çiqilişi lozim bölgan masalalar belgilandi.

Trening dasturining ikkinçi kuni jamoatçilik nazorati, oçiqlikni taʼminlaş hamda fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalariga urğu berildi.
Iştirokçilar fuqarolar murojaatlari, oçiq maʼlumotlar, statistik körsatkiçlar, OAV materiallari va fuqarolik jamiyati taşkilotlarining xulosalaridan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaşda foydalaniş усулларини örgandilar. Bunda tasdiqlangan faktlarni daʼvo va tekşirilmagan maʼlumotlardan farqlaş, qöşimça axborotga bölgan ehtiyojni aniqlaş hamda kelib tuşgan xabarlarga vakolatlar doirasida qonuniy va asoslantirilgan munosabat bildirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Amaliy maşğulotlar davomida mavjud maʼlumotlarni tekşiriş, masʼul taşkilotlarni belgilaş, tegişli çoralarni işlab çiqiş va ularning ijrosini monitoring qiliş böyiça amaliy takliflar tayyorlandi.
Hududlar kesimida tayyorlangan takliflar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga körib çiqiş uçun taqdim etiladi hamda hududlarning öziga xos xususiyatlari va ustuvor йўналишларини inobatga olgan holda tegişli çora-tadbirlarni belgilaşda foydalaniladi.

Maʼlumot örnida: Mazkur treninglar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida amalga oşirilayotgan «Özbekistonda korrupsiyaga qarşi milliy ekotizimni mustahkamlaş» qöşma loyihasi doirasida taşkil etilmoqda. Loyihaning muhim yönalişlaridan biri mahalliy davlat hokimiyati organlari salohiyatini oşiriş va hududlarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati