Virtual qabulxona

Neft-gaz tarmoğida korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş va xaridlar şaffofligini taʼminlaş böyiça öquv seminari ötkazildi

Asosiy yangiliklar 328 marta körilgan

Buxoro neftni qayta işlaş zavodi, şuningdek, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi neft-gaz tarmoğiga qaraşli tarkibiy tuzilmalarning 200 nafarga yaqin xodimi iştirokida korrupsiyaga qarşi kuraşiş va xaridlar jarayonini takomillaştirişga bağişlangan öquv seminari ötkazildi.

Seminarda xaridlar sohasidagi qonunçilikka kiritilgan sönggi özgartiriş va qöşimçalar, xaridlarni şaffof taşkil etiş talablari hamda manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, örganişlar davomida aniqlangan kamçiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etiş va kelgusida bunday holatlarning oldini olişga qaratilgan profilaktik çoralar muhokama qilindi.

Maʼruzaçilar korrupsiyaga qarşi kuraşişda har bir xodimning şaxsiy masʼuliyati muhimligini alohida taʼkidladilar. Xususan, korrupsiyaviy holatlar yoki manfaatlar töqnaşuvi aniqlangan taqdirda, Jamiyatning içki nazorat tizimi orqali xabar beriş tartibi tuşuntirildi.

Seminar yakunida iştirokçilarning savollariga javob berilib, xaridlar jarayonidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

Şuningdek, işçi guruh zavod rahbariyati bilan uçraşib, xarid jarayonlari, şartnomalar ijrosi va içki nazorat tizimini takomillaştiriş masalalarini muhokama qildi. Işçi guruh aʼzolari korxonaning işlab çiqariş maydonçasiga ham taşrif buyurib, işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar.

Bunday öquv seminarlari Jamiyatning boşqa hududlaridagi tarkibiy tuzilmalarda ham bosqiçma-bosqiç davom ettiriladi.

Öxşaş materiallar