Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Latviyada fuqarolik jamiyati rivoji va korrupsiyaga qarshi boshqaruv tajribasi o‘rganildi

Latviyada 2024-yil holatiga ko‘ra 26 423 ta nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) ro‘yxatga olingan. Shuningdek, aholining 5 foizi (taxminan 95 ming kishi) volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish hamda davlat organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha tajriba va amaliyot O‘zbekiston fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun Riga shahrida o‘tkazilgan “Yozgi maktab” o‘quv dasturining asosiy mavzusi bo‘ldi.

Mazkur dastur Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamda Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Dastur “Transparency International Latvia (Delna)” tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirildi.

Asosiy maqsad ishtirokchilarni Latviyaning fuqarolik jamiyati sohasidagi ilg‘or tajribasi bilan tanishtirish, fuqarolik ishtiroki mexanizmlarini chuqur o‘rganish hamda ularni milliy amaliyotga samarali tatbiq etish imkoniyatlarini baholashdan iborat bo‘ldi.

Ayni maqsadda besh kun davomida tashkil etilgan 10 dan ortiq samarali uchrashuv, taqdimot va muloqotlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Latviya va O‘zbekiston tajribasini qiyosiy tahlil qilish hamda o‘zaro tajriba almashish imkonini berdi. Shuningdek, fuqarolarni davlat boshqaruvi jarayonlariga jalb etishning samarali mexanizmlari, jamoatchilik nazoratini institutsional asosda yo‘lga qo‘yish, ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiya xavflarini aniqlash va ularni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar yuzasidan yangi bilim va amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.

Xususan, “Boltiqbo‘yi inson huquqlari jamiyati” (Baltic Human Rights Society) ijrochi direktori Irina Melse “Human Rights Guide” raqamli platformasini taqdim etdi. Inson huquqlari tamoyillarini oddiy hayotiy vaziyatlar orqali tushuntirishga qaratilgan ushbu platforma hozirda Boltiqbo‘yi va Yevropaning 12 ta mamlakatida joriy etilgan bo‘lib, yana 20 dan ortiq davlatda uni tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Platformadan 2,5 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.

Latviya Respublikasi Davlat kanselyariyasining Davlat boshqaruvi siyosati departamenti vakili Inese Kuške ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda fuqarolik jamiyati vakillari qarorlar qabul qilish jarayoniga qonunchilik asosida jalb etiladi. 2023-yilda fuqarolarning  bu boradagi ishtiroki 20 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2027-yilgacha bu ko‘rsatkichni 25 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) huzurida 2004-yilda Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil etilgan bo‘lib, hozirda uning tarkibiga 15 ta NNT vakillari kiritilgan. KNAB vakili Ayvars Rapsha va Jamoatchilik maslahat kengashi raisi Ayvars Borodkovs bilan o‘tkazilgan uchrashuvda korrupsiyaga qarshi siyosatni ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini inobatga olish hamda NNTlarni mazkur jarayonga keng jalb etish tajribasi atroflicha muhokama qilindi.

Delegatsiya a’zolari Latviya Fuqarolik alyansi (Civic Alliance Latvia) direktori Kristine Zonber bilan uchrashdi. Mazkur alyans 140 dan ortiq a’zoga ega. U mamlakatdagi fuqarolik tashkilotlariga jalb etilgan shaxslarning taxminan 70 foizini (70 ming nafar) hamda xorijdagi latviyalik diaspora vakillarining 11 foizini (27,5 ming nafar) qamrab oladi.

“Transparency International Latvia (Delna)” tadqiqotchisi Arturs Bikovs jamoatchilik monitoringi, ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiya xavflarini aniqlash hamda “Halollik paktlari” (Integrity Pacts) mexanizmlari haqida ma’lumot berdi. “Halollik paktlari” — davlat xaridlari va yirik loyihalarni amalga oshirish jarayonida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan, buyurtmachi (davlat organi), tender ishtirokchilari va mustaqil jamoatchilik kuzatuvchilari o‘rtasida tuziladigan kelishuv mexanizmidir.

Tadqiqotchi korrupsiyaga qarshi kurashda ma’lumotlar ochiqligining ahamiyatini Lustre platformasi misolida tushuntirdi. Ushbu tizim davlat xaridlari, siyosiy moliya, lobbi faoliyati va mansabdor shaxslar deklaratsiyalarini yagona tizimda jamlab, shubhali bog‘liqliklarni aniqlash imkonini beradi.

O‘quv dasturi davomida ishtirokchilar 2011-yildan buyon fuqarolarga qonun kuchiga ega takliflar kiritish imkonini berib kelayotgan ManaBalss.lv platformasi hamda murojaatchilarga huquqiy yordam ko‘rsatuvchi va ularning xavfsizligini ta’minlashda davlat organlari bilan hamkorlik qiluvchi “Xabar berish markazi” (Whistleblowing Centre) faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Latviya Jamiyat integratsiyasi jamg‘armasi (Society Integration Fund – SIF) faoliyati o‘rganildi. 2001-yilda tashkil etilgan ushbu jamg‘arma nafaqat davlat byudjeti, balki Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro donorlar mablag‘larini ham boshqarib, ularni fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiradi. Jamg‘arma tomonidan yiliga o‘rtacha 20 dan ortiq grant dasturlari e’lon qilinadi.

Baltic Centre for Media Excellencega amalga oshirilgan o‘quv tashrifi doirasida surishtiruvchi jurnalist, Re:Baltica asoschisi Inga Springe tomonidan yirik xalqaro surishtiruvlar tajribasi, zamonaviy jurnalistika va jamoatchilik nazorati xususiyatlari haqida taqdimot qilindi. O‘quv dasturi ishtirokchilarida NNT va fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo’yicha ilg’or amaliyotga ega bo’lgan Riga mahalla aholisi markazi, Kuldīga munitsipalitetidagi aholi maslahat kengashlari,  Kurzeme NNT markazi faoliyati ham alohida qiziqish uyg‘otdi.

O‘quv dasturi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali moliyaviy va tashkiliy mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, raqamli platformalar orqali jamoatchilik ishtirokini kengaytirish yo‘nalishlarida aniq taklif va tashabbuslar ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, dastur davomida orttirilgan bilim va tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etish, jumladan, jamoatchilik maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish, jamoatchilik monitoringini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi zamonaviy raqamli yechimlarni rivojlantirish hamda hududlarda NNTlar uchun barqaror infratuzilma va maslahat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Другие новости

Все новости