Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Подробнее
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Подробнее
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili, xususan,  Ochiqlik indeksining yakuniy natijalariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Taʼkidalanganidek, mazkur davrda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davlat boshqaruvida shaffoflik, ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish,  ochiqlikka oid qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari izchil davom ettirildi. 

Xususan, ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati 43 taga yetkazildi, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan idoraviy hujjatlarni qabul qilishda ochiqlikni taʼminlash tamoyiliga qatʼiy rioya qilinishi ustidan taʼsirchan nazorat o‘rnatish mexanizmlari yana-da takomillashtirildi.

2025-yilda Parlament palatalarining barcha majlislari va hududiy Kengashlar tomonidan o‘tkazilgan 559 ta sessiyalar, shuningdek, ilmiy kengashlarning 2.079 ta doktorlik ilmiy darajalari himoyasi jarayonlari telekanallar va Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatildi.

Davlat idoralari va tashkilotlarining ochiqlikka masʼul bo‘lgan 146 nafar xodimlarining malakasini oshirish hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida, xorijiy ekspertlar ishtirokida 7 ta o‘quv kurslari tashkil etildi.

Shuningdek, Agentlikning davlat xizmatchilarini onlayn rejimda o‘qitishga mo‘ljallangan “E-learning” elektron platformasidagi interaktiv modullar soni 14 taga yetkazilib, 2025 yilda mazkur platforma orqali davlat idoralarining 1320 nafar (820 nafar respublika va 500 nafar mahalliy) xodimlari o‘qitilishi taʼminlanib, ularga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

Xabaringiz bor, mamlakatimiz  Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi 2022-yildan boshlab har yili  “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.

Xususan, 2025-yil yakunlari asosida o‘tkazilgan bu yilgi baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

Eʼtiborli jihati, joriy yilgi baholashda o‘tgan yilga nisbatan “yashil” toifada baholangan idoralar soni 34 %ga ko‘payib, “sariq” toifadagilar 36 %ga va “qizil” toifadagilar 31 %ga kamaygan.

2022-yildagi, yaʼni ilk  baholash ko‘rsatkichlari bilan  bilan taqqoslaganda “yashil” toifadagilar 3,5 barobarga ko‘paygan bo‘lsa, “sariq” toifadagilar 2 barobar va “qizil” toifadagilar 3 barobarga kamaygan.

Ochiqlik bo‘yicha eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zavtosanoat” AJlari, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etildi.

Respublika darajasidagi tashkilotlardan - O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, hududiy miqyosda esa Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etib, “qizil” toifada baholandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yilgi baholash natijalari asosida ochiqlik tizimini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda va bu yil ham bu boradagi zarur choralar izchil davom ettiriladi.

Jumladan, “sariq” toifadagi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi faoliyatini yana-da yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirishga amaliy ko‘maklashiladi.

“Qizil” toifada baholanganlariga qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasini qo‘llash yuzasidan taklif kiritish, ochiqlikni taʼminlashda yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklarni o‘rganish, bartaraf etish hamda ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda

Shuningdek, “qizil” toifada baholangan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiqlik sohasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalashtirgan chora-tadbirlari yuzasidan axborotlarini Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Senati majlislarida eshitish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan Ochiqlik indeksi joriy etilishi natijasida erishilgan ijobiy tajribani yana-da ommalashtirish maqsadida baholash jarayonlarini quyi tizimlarda amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, 2026-yil 2-yarmidan sinov tariqasida Navoiy viloyatining tuman va shahar hokimliklari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi darajasini index.anticorruption.uz platformasida baholash rejalashtirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash ishlari izchil davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Другие новости

Все новости