Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Bugun IIVning Jazoni ijro etish deparatmenti markaziy apparati xodimlari uchun Maʼnaviyat va maʼrifat darsida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi  "Korrupsiyaga qarshi kurashish — taraqqiyot kafolati" mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi.

Maʼruzachi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy asoslari, milliy qonunchilik hujjatlari, Agentlik tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan preventiv chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Xususan, maʼmuriy islohotlar jarayonida vazirlik va idoralarda tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash ishlari,korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha tashkil etilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek, uni tasarruf etish tartibi yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlar ham ishtirokchilar uchun muhim va foydali bo‘ldi.

Muloqot yakunida ishtirokchilar tomonidan ham mavzuga oid fikr-mulohazalar bildirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar