Virtual qabulxona

Rasmiy nutq va bayonotlar

4
Nutq va ma’ruzalar
2021–2024
Davr
  1. Nutq

    III Toşkent xalqaro investitsiya forumidagi nutq

    Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxanovning 2024-yil 3-may kuni III Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida "Obro‘, işonçlilik va xavfsizlik: korrupsiyaga qarşi samarali siyosat va yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraş tufayli xorijiy investitsiya muhitini yaxşilaş" mavzusida bölib ötgan sessiyadagi nutqi

    Ma’ruzaçi: Akmal Burxanov, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori

    Töliq matn

    Assalomu alaykum hurmatli Forum iştirokçilari,

    Hurmatli şahzoda Jan Lyuksemburg janobi oliylari, janob Kristian de Buasye, Amina Gurib Fakim xonim, janob Salaxedin Mezuar, janob Kristof-Andre Frassa, qadrli mehmonlar!

    Barçangiz bilan navbatdagi anʼanaviy Toşkent xalqaro investitsion forumida uçraşib turganimdan bağoyatda xursandman.

    Joriy yilgi forum ham turli xil mavzu, yönaliş va ekspertlarni barça uçun umumiy bölgan bir nuqtada birlaştira olgani bilan nihoyatda ahamiyatli.

    Ayni sessiyamiz, yaʼni korrupsiya va yaşirin iqtisodiyotni bartaraf etiş mavzusida bildiriladigan fikrlar, ğoyalar, takliflar avvalo iqtisodiy rivojlaniş, investitsion jozibadorlikka xizmat qiladi.

    Şu boisdan Spikerlarimiz tomonidan bildirilgan fikrlar, berayotgan takliflari uçun minnatdorçiligimni bildiraman.

    Bu yerda juda köpçilik Özbekistondagi islohotlar, ayniqsa korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça özgarişlardan xabardor. Köpçiligingiz bilan hamkorlikda amalga oşirilgan işlarimiz ham talaygina.

    Oxirgi yillardagi özgarişlar va islohotlar natijasida Özbekiston korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça öz modelini yaratmoqda.

    Bundan ikki yil oldingi forumda asosan, qilmoqçi bölgan işlarimiz, rejalarimiz haqida gapirgan bölsak, mana bugun amalga oşirilgan işlar va ularning natijalari haqida ham bemalol fikr almaşişimiz mumkin.

    Albatta mazkur natijalarning asosiy ijroçilari nafaqat korrupsiyaga qarşi kuraşişga masʼul idoralar, balki boşqa davlat idoralari va taşkilotlari, biznes hamjamiyati, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va keng jamoatçilik ham hisoblanadi.

    Şu örinda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nutqidan iqtibos keltirmoqçiman: “Bizning jamiyatda bu illatga mutlaqo örin bölmasligi uçun qattiq kuraşamiz. Mana şunday prinsipial qaraş jamiyatimiz hayotida mustahkam qaror topişi uçun barçamiz birgalikda qatʼiy harakat qilişimiz zarur.”

    Bundan taşqari, Davlat rahbarining har yilgi murojaatnomasida korrupsiya qarşi kuraşiş masalasiga alohida töxtalib ötilişi, uşbu sohada köplab qonun hujjatlarining qabul qilinişi korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalasining davlat siyosati darajasida ahamiyatga egaligini körsatib bermoqda.

    Ruxsatingiz bilan, uşbu sohada amalga oşirilgan işlarning ayrimlari haqida qisqaça töxtalib ötsam.

    Ötgan yillarda korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan muhim preventiv mexanizmlaryaratilganligi, davlat boşqaruvida byurokratiyani kamaytiriş, oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, davlat xizmatlarini körsatiş sifatini yaxşilaş, raqamlaştiriş orqali inson omilini kamaytiriş borasida amalga oşirilgan çora-tadbirlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlat siyosatining muhim elementlari bölib xizmat qildi.

    Birinçidan, ötgan yilda amalga oşirilgan maʼmuriy islohotlar orqali “qöl” boşqaruvidan “avtomatik” boşqaruv tizimiga ötiş jarayoni boşlandi.

    Xususan, maʼmuriy islohotlar natijasida davlat boşqaruvi tizimining eng muhim böğini – ijro etuvçi hokimiyat yana-da ixçamlaşib, takrorlanuvçi funksiyalar tugatildi. Eng asosiysi, byurokratiya qisqartirildi.

    Ikkinçidan, Davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaviy munosabatlarining oldini olişga qaratilgan preventiv mexanizmlar yaratildi.

    Xususan, Davlat organlari va taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş hamda davlat organlari va taşkilotlarida oçiqlik böyiça amalga oşirilayotgan işlarning samaradorligini baholaşga qaratilgan Oçiqlik indeksi joriy etildi.

    Şuningdek Davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş böyiça “E-Antikorrupsiya” loyihasi işga tuşirildi.

    Uçinçidan, Davlat xizmatlarini körsatiş sifati yaxşilanib, ortiqça tartib-taomillar qisqartirildi hamda elektron şaklda körsatiladigan davlat xizmatlari soni oşirildi.

    Jumladan, 73 turdagi hujjat va maʼlumotlarni aholidan talab qilinişi bekor qilindi.

    771 ta davlat xizmatlarining 360 dan ortiği Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron körsatilmoqda, şu jumladan, 240 dan ortiq xizmatlar tadbirkorlik subyektlari uçun möljallangan. 59 turdagi davlat xizmatlarini körsatiş muddatlari qisqartirildi, uşbu xizmatlar oldin 30 kundan 90 kungaça muddatda körsatilgan bölsa, endilikda 1 kundan

    30 kungaça kamaytirildi.

    Törtinçidan, Raqamlaştiriş orqali “inson omili”ni kamaytiriş maqsadida barça sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş işlari yana-da rivojlantirildi. Xususan, “Raqamli Özbekiston-2030” strategiyasi doirasida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari faoliyatini raqamlaştiriş bilan boğliq 369 ta loyihalar amalga oşirildi.

    Masalan, iqtisodiy sohada “Litsenziya”, “E-Auksion”, “YERELEKTRON”, “Şaffof yöl”, “Şaffof quriliş”, “Davlat xaridlari elektron tizimi” va boşqa axborot tizimlari korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirişga samarali xizmat qilmoqda.

    Beşinçidan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasini takomillaştiriş, huquqiy böşliqlarni bartaraf etiş maqsadida sohaga taalluqli 13 ta, şuningdek, boşqa sohalardagi islohotlar natijasida korrupsiya omillarini qisqartirişga qaratilgan 24 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

    Bu borada köplab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinişi natijasida davlat organlari va taşkilotlari faoliyatida oçiqlik va şaffoflik taʼminlanib, mansabdor şaxslarning aholi oldidagi hisobdorligi oşirildi, davlat boşqaruvida samarali va taʼsirçan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş uçun zarur şaroitlar yaratildi.

    Hurmatli tadbir iştirokçilari,

    Endi eʼtiboringizni Biznesda korrupsiyaning oldini oliş böyiça körilayotgan çoralarga qaratmoqçiman.

    Biznesda korrupsiyaning oldini oliş maqsadida halol raqobat muhitini yaratiş, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekşiriş, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşişga yöl qöymaslik, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş borasida bir qator işlar amalga oşirildi.

    2023 yilda nazorat qiluvçi organlar tomonidan tekşiruvlarni kelişiş uçun kiritilgan jami 4 703 ta buyurtmadan 2 399 tasi (51 foizi) kelişilgan va qolgan 2 304 tasi (49 foizi) tekşiruv ötkaziş uçun qonuniy asoslar mavjud bölmaganligi sababli rad etilgan.

    Umuman, tadbirkorlar faoliyatida 2023-yilda amalga oşirilgan tekşiruvlar soni 2022-yilga nisbatan 26% ga kamaygan.

    Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsir körsatayotgan amaldagi 15 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiriş qöşimçalar kiritiş yoki bekor qiliş böyiça çoralar körildi.

    Natijada, sud qarori çiqarilgan kreditlar böyiça foizlar va neustoyka hisoblanişi töxtatildi, soliq organlarining soliq tölovçining hujjatlari va buyumlarini olib qöyiş böyiça huquqlari bekor qilindi, investitsiya majburiyatlarini bajargan tadbirkorlik subyektlariga yer uçastkalarini xususiylaştirişga ruxsat beriş belgilandi.

    Xabaringiz bor, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman hamkorligida 2021 yilda “Özbekiston biznesining korrupsiyaga qarşi kuraşiş xartiyasi” qabul qilingan edi. Ötgan davrda 226 ta tadbirkorlik subyekti xartiya aʼzoligiga qabul qilindi.

    Şu bilan birga, Özbekistonda qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylik, oçiqlik va davlat organlari bilan munosabatlarda korrupsiyaning oldini oliş maqsadida har yili “Özbekiston biznes hamjamiyatida halollik” biznes forumini ötkaziş amaliyoti yölga qöyildi.

    Mazkur biznes forumida yuzlab turli sohalarda faoliyat körsatayotgan biznes vakillari, vazirlik va idoralar, OAV, jamoatçilik va xalqaro taşkilotlarning vakillari hamda xorijiy ekspertlar iştirok etmoqda.

    Körilayotgan çoralar natijalarini biliş maqsadida tadbirkorlik subyektlari öz faoliyatini amalga oşirişda korrupsiya holatlariga duç kelişi holatlari böyiça 2 490 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari iştirokida ötkazilgan ijtimoiy sörovnomada aksariyat tadbirkorlar korrupsion holatlarga duç kelmayotganliklarini maʼlum qilişgan, ularning fikriça, sönggi yillarda mamlakatimizda korrupsiya darajasi kamaygan.

    Qadrli mehmonlar!

    Maʼlumki, korrupsiya va yaşirin iqtisodiyotning eng katta duşmanlaridan biri – bu oçiqlik hisoblanadi.

    Özbekistonda bu borada ham sezilarli qadamlar taşlanmoqda. Körilgan çoralar natijasida davlat organlari öz faoliyatiga oid hisobotlarni, jumladan, byudjet xarajati, davlat xaridlari, mol-mulkiga oid 40 dan ortiq maʼlumotlarni oçiqlab kelmoqda.

    Şuningdek, davlat idoralarining oçiqligini taʼminlaş maqsadida barça sohalarda onlayn platformalar imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Jumladan:

    • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatçilik muhokamasidan ötkaziş tizimi joriy etildi (regulation.gov.uz);
    • davlat byudjeti va qarzi, şuningdek, davlat xaridlari töğrisidagi maʼlumotlarni köriş va real vaqt rejimida kuzatiş imkonini beruvçi onlayn platformalar (openbudget.uz, xarid.uzex.uz, etender.uzex.uz) işga tuşirildi;
    • davlat soliq xizmati organlari tomonidan körsatiladigan elektron davlat xizmatlari portali (my.soliq.uz) işga tuşirildi;
    • davlat aktivlarini realizatsiya qiliş, köçmas mulk, avtotransport vositalari sotiş, yer uçastkalaridan foydalaniş huquqini oliş va boşqa bir qator masalalar onlayn auksion savdolari (e-ijro.auksion.uz) orqali olib borilmoqda;
    • sudlarda körilgan işlar böyiça qabul qilingan sud hujjatlari bilan onlayn tartibda (decisions.esud.uz) tanişiş imkoniyati yaratildi.

    Bundan taşqari, davlat rahbarining qarorlariga muvofiq, Agentlikka 24 ta yirik va muhim investitsiya loyihalarini amalga oşirişda xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilayotgan kredit mablağlaridan foydalaniş jarayonida oçiqlikni taʼminlaş ustidan nazoratni örnatiş vazifasi yuklatilgan, bölib, masʼul vazirlik va idoralarda loyihalarni amalga oşirişda oçiqlik taʼminlanganligi örganib borilmoqda.

    Loyihalar ijrosi yuzasidan alohida veb-saytlar taşkil etilgan holda maʼlumotlar doimiy oçiqlab borilmoqda.

    Körilayotgan çoralar natijasida aholida korrupsiyaga qarşi murosasiz muhit paydo böldi, öz örnida, Özbekistonning bu boradagi xalqaro reyting va indekslardagi örni yaxşilandi.

    Jumladan, sönggi ikki yilda “Transparency International” ning Korrupsiyani qabul qiliş indeksida 19 poğonaga, TRACE bribery Matrix indeksida 16 poğonaga, “World Justice Project” taşkilotining “Huquq ustuvorligi” indeksida – 2 poğonaga kötarildi.

    “Open Data Inventory” Oçiq maʼlumotlar reytingida esa Özbekiston 70 ball bilan jahonda 30-örinni, Markaziy Osiyoda 1-örinni egalladi.

    Hurmatli tadbir iştirokçilari!

    Şu bilan birga, amalga oşirilayotgan islohotlarga qaramasdan, tan olib aytiş kerak, korrupsiyani töliq bartaraf etiş uçun hali juda köplab çoralarni körişimiz kerak.

    Şu maqsadda biz korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlatning yaqin istiqboldagi siyosatini belgilab beruvçi 2030 yilgaça möljallangan Milliy strategiyani işlab çiqyapmiz.

    Mazkur milliy strategiyada korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi mavjud tendensiyalar tahlil qilinib, sohada saqlanib qolayotgan muammolar va ularning yeçimlari böyiça ustuvor vazifalar belgilanadi.

    Ikkinçidan, “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi”ni joriy etiş ustida iş boşladik.

    Uşbu akademiya onlayn platforma körinişida böladi va davlat xizmatçilari, aholi hamda biznes vakillari uçun maxsus kurslardan iborat böladi.

    Uçinçidan, Biznes sohasida korrupsiyani oldini oliş çoralarni kuçaytiramiz, xususan, biznes sektorda komplayens nazorat tizimini joriy etiş, biznesda halollik standartlarini işlab çiqiş, barça tadbirkorlar uçun teng raqobat muhitini yaratişga qaratilgan mexanizmlarni yaratişga alohida eʼtibor qaratamiz.

    Törtinçidan, Xufyona iqtisodiyotni qisqartiriş, “halol” tadbikorlarni rağbatlantiriş, tadbirkorlarga masofaviy şaklda körstatiladigan davlat xizmatlari sonini yana-da kengaytiriş böyiça islohotlarni izçil davom ettirib boramiz. Mana bugun Prezidentimiz Xorijiy investorlar Kengaşi majlisida investorlar bilan davlat organlari örtasidagi barça xizmatlarni amalga oşiriş uçun mukammal elektron platforma işlab çiqilişi va amaliyotga keng joriy etilişini aytib ötdilar. Bu ham biznesda korrupsiya va byurokratiyani qisqartiriş yölidagi muhim qadamlardan biri böladi.

    Albatta, bu yakuniy yoki özgarmas yönalişlar emas. Ularni kundan kunga takomillaştirib, yangilab, xalqimizga foydasi tegiş yoki tegmaslik prizmasi orqali saralab bormoqdamiz. Hali bu ğoyalarni xalqaro va hamkor taşkilotlar takliflari asosida boyitamiz hamda keng jamoatçilik muhokamasiga taqdim etamiz.

    Va bu borada öylaymanki, bugungi tadbirda iştirok etayotgan nufuzli ekspertlar ham bizga özlarining kömaklarini berib borişlariga umid bildirib qolaman.

    Eʼtiboringiz uçun rahmat.

  2. Axborot

    Oliy Majlis Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisidagi axborot

    Oliy Majlis Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisi doirasida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş borasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan Agentlik direktorining axboroti

    Ma’ruzaçi: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori

    Töliq matn

    Sönggi yillarda davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan boşlangan islohotlar natijasida davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligi va şaffofligini taʼminlovçi mexanizmlar, şuningdek, jamoatçilik nazorati instituti hayotga samarali joriy etila boşlandi.

    Xususan, 2021-yilning 16-iyunida davlatimiz rahbari tomonidan “Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini taʼminlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonida davlat idoralari faoliyati yanada oçiqligini taʼminlaş, bu orqali natijasida korrupsiyaviy omillar va huquqbuzarliklarning oldini olişga xizmat qiluvçi aniq tartiblar belgilandi.

    Mazkur Farmon talablaridan kelib çiqib, Agentlik tomonidan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oçiq maʼlumotlarni rasmiy veb-saytda hamda Oçiq maʼlumotlar portalida joylaştirilişi holati muntazam örganib kelinmoqda.

    Misol uçun, davlat organlari va taşkilotlari har yili 1-martga qadar öz faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytiga joylaştirib, 10-martga qadar uni keng jamoatçilik iştirokida muhokama qiliş joyi va vaqti haqida xabar berişi kerak.

    Monitoring qilingan 135 ta davlat organlari va taşkilotlarining 93 tasi 2021-yildagi faoliyatiga oid hisobotni eʼlon qilmagan bölsa, 126 tasi matbuot anjumanining ötkaziliş joyi va vaqti haqida hanuzgaça öz rasmiy veb-saytiga maʼlumot joylaştirmagan.

    Bundan taşqari, barça davlat organlari va taşkilotlari özlarining davlat xaridlari töğrisidagi maʼlumotlarini har çorakda eʼlon qilib borişlari talabining ijrosi 4-çorak uçun örganilganda ularning 80 tasi uşbu maʼlumotlarni öz vaqtida belgilangan resurslarda joylaştirmagani aniqlandi.

    Yoki, xizmat safarlari va xorijdan taşrif buyurgan mehmonlarni kutib oliş xarajatlari böyiça hisobotlarni 88 ta idora öz vaqtida oçiqlamagani maʼlum böldi.

    Şuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlarining 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 10-yanvar kuniga qadar ötkazilgan sessiyalarning mahalliy telekanallar yoki Internet tarmoğida translyatsiya qilinişi örganilganda respublika böyiça jami (tuman va şahar kengaşlari bilan birga) 585 ta sessiyalar ötkazilgan bölsa, ularning 226 tasi translyatsiya qilinmagan. Bu boradagi eng salbiy körsatkiçlar Buxoro va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi xissasiga töğri keladi.

    Farmon ijrosi holati mahalliy davlat hokimiyati organlari kesimida ham tahlil qilindi. Oçiq e’lon qilinişi lozim bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxati böyiça mahalliy hokimliklar zimmasiga jami 13 ta toifadagi axborotlarni öz rasmiy veb-saytida har çorakda e’lon qiliş va davriy yangilab boriş tartibi belgilangan.

    Biroq, 2021-yil yakunlari böyiça mazkur talablarga rioya qilinişi örganilganida jami 95 ta holatda qonunçilik talablari buzilişiga, soddaroq qilib aytganda uşbu ma’lumotlar hokimliklar rasmiy veb-saytida umuman e’lon qilinmaganligi aniqlandi.

    Tuman va şaharlar kesimida esa 204 ta tuman va şahar hokimliklaridan 43 tasida (20 foizi) rasmiy veb-sayti işçi holatda emasligi, faoliyat körsatayotganlarida ham ma’lumot uzoq vaqt davomida yangilanmay kelinayotganligi aniqlandi.

    Aniqlangan qonunbuzilişlarni bartaraf qiliş böyiça vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlariga Agentlik tomonidan 26 ta taqdimnoma hamda 35 ta ogohlantiriş xatlari kiritildi.

    Joylarda uçrayotgan bu kabi muammolarning yeçimi sifatida ma’lum bir hududni tanlab olib, oçiqlikka oid qonunçilik hujjatlari ijrosini namunaviy taşkil etişga kirişildi. Şu maqsadda Farğona viloyatida «Oçiq, şaffof va hisobdor hudud» loyihasini amalga oşiriş boşlandi. Buning uçun tegişli “Yöl xaritasi” loyihasi işlab çiqilib, viloyat hokimligi rasmiy veb-saytida joylaştirildi.

    Endilikda viloyatda korrupsiyaga qarşi kuraşiş, şu jumladan, faoliyat oçiqligini ta’minlaş sohasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan jamoatçilik eşituvlari ötkaziladi. Işlar samaradorligini baholaşda mahalliy deputatlar va nodavlat notijorat taşkilotlari va OAV vakillari ham jalb qilinadi, şuningdek, özini-özi baholaş tizimi yölga qöyiladi.

  3. Tezis

    2021-yildagi faoliyat töğrisida Jamoatçilik kengaşi oldidagi hisobotga bağişlangan matbuot anjumanidagi tezis

    Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktorining 2021-yildagi faoliyati töğrisida Jamoatçilik kengaşi oldidagi hisobotiga bağişlangan matbuot ajumanidagi tezisi

    Ma’ruzaçi: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori

    Töliq matn

    Assalomu alaykum. Hurmatli tadbir iştirokçilari.

    2021-yili Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşişning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, xususan, korrupsiyaning oldini oliş va uşbu jinoyatlarga qarşi jazo muqarrarligini taʼminlaş böyiça bir qator muhim özgarişlar amalga oşirildi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–6257-son Farmoni imzolandi. Unga köra, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan jazo çoralari kuçaytirilib, jinoiy jazoni ötaşda yengillaştiruvçi normalar qöllanilişiga çeklovlar örnatilişi belgilandi.

    2021-yil 16-iyunda “Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini taʼminlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–6247-son Farmon bilan har bir muassasaning bajargan va bajarmoqçi bölgan işlari, moliyaviy holati, tasarrufidagi mol-mulklari, umuman, soliq tölovçilar bilişi lozim bölgan barça maʼlumotlarni oçiqlaş talabi qöyildi.

    Şuningdek, “Davlat xaridlari töğrisida”gi Qonunga muhim yangiliklar kiritildi: 2022-yilning 1-yanvardan boşlab, barça davlat xaridlari (eng yaxşi takliflarni tanlaş va tender xarid qiliş) tartib-taomillarini majburiy tartibda elektron şaklda ötkazilişi joriy qilindi. Insofsiz ijroçilarning yagona reyestriga kiritilgan subyektlarning davlat xaridlarida iştirok etişini çeklaş muddati uç yildan ikki yilgaça qisqartirildi.

    2021-yilda Respublika böyiça jami 5483 nafar şaxsga nisbatan 3769 ta korrupsiyaga oid jinoyat işlari körib çiqiş uçun tegişli tartibda sudlarga yuborilgan. 2020-yil bilan taqqoslaganda sudga yuborilgan jinoyat işlari soni 2621 taga, javobgarlikka tortilgan şaxslar soni esa 3 760 taga yoki 218 foizga köpaygan.

    Korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2020-yilda 500 mlrd. 102 mln sömlik moddiy zarar yetkazilib, 355 mlrd söm yoki 71,0 foiz undirilgan bölsa, 2021-yildagi moddiy zarar miqdori 1 trln. 282 mlrd.ni taşkil etib, 887 mlrd. sömi yoki 69,1 foizi undirilgan.

    Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga 2021-yilda jami 4901 ta (493 tasi dublikat) murojaat kelib tuşgan bölib, barça murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqilişi taʼminlangan. Şundan 107 ta murojaat Agentlik rahbariyati tomonidan taşkil etilgan şaxsiy va sayyor qabullarda kelib tuşgan.

    Murojaatlarning 258 tasi ijobiy hal etilgan, 1163 ta murojaatga huquqiy maslahat va tuşuntirişlar beriş orqali qanoatlantirilgan, 2 ta taşakkurnoma, 2 ta murojaat fuqaroning arizasiga asosan körmasdan qoldirilgan, 117 ta murojaat anonim deb topilgan, 43 ta murojaat maʼlumot uçun qabul qilingan, 158 ta takroriy murojaat körib çiqilişi belgilangan tartibda tugatilgan, 3158 ta murojaat taalluqliligi böyiça tegişli vazirlik va idoralarga yönaltirilgan.

    2021-yilda Agentlik tomonidan “Korrupsiyasiz soha”, “Korrupsiyasiz hudud” loyihalari, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlar va sohalar kesimida 50 dan ortiq örganişlar ötkazildi. Şuningdek, quriliş sohasidagi jami 461,3 mlrd. sömlik qiymatdagi davlat xaridlari yuzasidan 59 ta quriliş obyektlarida örganiş ötkazildi.

    Aniqlangan korrupsiya holatlari yuzasidan töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim qilinişi orqali jami 49 ta jinoyat işi va 24 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid iş qözğatilişi taʼminlandi.

    Davlat xaridlari sohasida 2021-yilda ötkazilgan masofaviy monitoringda byudjet buyurtmaçilari tomonidan qiymati 145,3 mlrd sömlik 452 ta tanlovda “Davlat xaridlari töğrisida”gi va “Raqobat töğrisida”gi Qonunlarning talablari buzilişiga yöl qöyilganligi aniqlanib, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va şart-şaroitlarni bartaraf qilişga qaratilgan 372 ta taqdimnoma kiritildi va tanlovlar bekor qilinib, byudjet mablağlarining maqsadsiz sarflanişining oldi olindi.

    Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi 5177-son Qaroriga muvofiq, Agentlik davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, ustav kapitalida davlat uluşi bölgan korxonalar, şu jumladan, banklarda korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimini joriy etiş va ularning samarali faoliyat körsatişini taʼminlaş vazifasini amalga oşirib kelmoqda.

    Bugungi kunga kelib, 88 ta davlat taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari joriy etilgan bölsa, 52 tasida töliq yölga qöyilmagan.

    Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmasi va korrupsiyaga qarşi kuraşiş faoliyatini taşkil etişda yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etişga qaratilgan 34 ta taqdimnoma kiritilgan.

    Agentlik mahalliy davlat hokimliklari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni rasmiy veb-sayt va boşqa axborot resurslarida joylaştirib borilişiga oid majburiyatlarga rioya qilinişini örganib, tahlil qildi.

    Ana şunday örganişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Andijon, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyat hokimliklari tomonidan mahalliy byudjet mablağlarining rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablağlar yönaltirilgan maqsadlar töğrisidagi maʼlumotlar kamçiliklarga yöl qöyilgan holda qisman oçiqlanişi taʼminlangan bölsa, Toşkent, Xorazm, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Farğona viloyatlari va Toşkent şahar hokimliklari mazkur majburiyatlarni umuman bajarmaganligi aniqlangan.

    Ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarning belgilangan tartibda oçiqlanişini taʼminlamagan 13 ta viloyat hokimliklari qonunbuzilişi holatlarini bartaraf qiliş haqida rasman ogohlantirilgan.

    Agentlik tomonidan 2021-yil davomida hamkorlikka oid 10 ta xalqaro hujjat (memorandum, hamkorlik dasturlari) imzolandi.

    Jumladan, Agentlik hamda BMTning Giyohvand moddalar va Jinoyatçilik böyiça boşqarmasi örtasida hamkorlikda amalga oşiradigan tadbirlar Rejasi doirasida Korrupsiyani qabul qiliş milliy indeksini şakllantiriş metodologiyasini işlab çiqiş, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan xalqaro ekspertlar kömagini jalb etiş, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça ijtimoiy tadqiqotlarni taşkil etiş yuzasidan treninglar taşkil etiş va şu kabi boşqa loyihalarda hamkorlik amalga oşirildi.

    “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi işlab çiqildi va 2021-yil 1-yanvardan real vaqt rejimida respublikaning barça hududlarida töliq işga tuşirildi. Bundan taşqari, quriliş sohasida ötkaziladigan davlat xaridlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş, oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş maqsadida quriliş sohasidagi tanlov(tender)lar ötkaziş uçun “tender.mc.uz” elektron portali yaratildi.

    Mazkur platforma yordamida 2021-yil davomida 15,45 trln. sömlik tenderlar ötkazilib, quriliş-pudrat taşkilotlari bilan 14,26 trln. sömlik şartnomalar tuzildi va loyihalarning boşlanğiç qiymatiga nisbatan 1,19 mlrd söm yoki 8 foiz byudjet mablağlari iqtisod qilindi.

  4. Ma’ruza

    Xalqaro media-xolldagi davra suhbatida ma’ruza

    Xalqaro media-xollda bölib ötgan “Davlat organlari faoliyatining oçiqligi va şaffofligi: Özbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusidagi davra suhbatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxanovning ma’ruzasi

    Ma’ruzaçi: Akmal Burxanov, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori

    Töliq matn

    Mamlakatimizda davlat boşqaruviga oçiqlikni joriy etiş, axborotlarning umumfoydalaniş uçun oçiqlik holati, maʼlumotlarning oşkoralik va sifat darajasini xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş sohasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

    Bugungi kunda qonun ustuvorligini taʼminlaş, oçiqlik va oşkoralik tamoyillarining taʼsirçan şakllarini joriy etiş, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali jamoatçilik nazoratini örnatiş böyiça boşlagan işlar ortga qaytmas tus olgan.

    Söngi yillarda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş, byurokratiya va korrupsiyaning turli körinişlariga qarşi kuraşiş mamlakatimizda davlat siyosatining eng ustuvor yönalişiga aylandi.

    Buning yaqqol misoli sifatida sönggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham körişimiz mumkin.

    Xususan, “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunning qabul qilinişi mazkur sohada boşlagan islohotlarimizning öziga xos huquqiy poydevori bölgan bölsa, “Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi va “Korrupsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmonlari korrupsiyaning barvaqt oldini olişga qaratilgan muhim konseptual hujjatlar sifatida xizmat qilmoqda.

    Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari uçun oçiq bölişi, ular bilan kundalik faoliyatida yaqin muloqot va hamkorlik örnatişiga qaratilgan “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi va “Jamoatçilik nazorati töğrisida”gi Qonunlar va “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol iştirokini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarorlari barça toifadagi mansabdorlarning har bir xatti-harakatiga keng jamoatçilik hamda xalq közi bilan baho beriş imkonini yaratdi.

    Ötgan qisqa vaqt davomida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ommaviy muhokama qiliş, davlat byudjeti va qarzi, şuningdek, davlat xaridlari töğrisidagi maʼlumotlarni köriş va real vaqt rejimida kuzatiş imkonini beruvçi onlayn platformalar işga tuşirildi. Oçiq maʼlumotlar portali faoliyati sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarilgani, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, elektron litsenziyalaş tizimi va “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali faoliyati yölga qöyildi.

    Bundan taşqari, hukumat oçiqligi sohasida 2021 - 2025-yillarda Özbekiston Respublikasida oçiq maʼlumotlar sohasini rivojlantiriş Konsepsiyasi qabul qilinganini alohida qayd etiş lozim.

    Yuqoridagi qonunçilik va maʼmuriy sohalarda amalga oşirilgan tizimli islohotlarning natijasi ölaroq, Özbekiston 2020-yil yakunlariga köra “Oçiq maʼlumotlarni kuzatiş” xalqaro indeksida 125 poğonaga kötarilib, 44-örinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boşqaruvi sohasidagi 20 ta yönaliş böyiça körsatkiçlarni oşkor qilib boriş amaliyoti joriy etilgani ham muhim ahamiyat kasb etdi.

    Sohadagi sönggi yillarda amalga oşirilgan islohotlarning uzviy va mantiqiy davomi sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini taʼminlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

    Farmon bilan amaldagi qonunçilik hujjatlarida mavhum bölgan muammoli masalalar töliq öz yeçimini topdi.

    Misol uçun, Farmon bilan har bir davlat organi va taşkiloti oçiq eʼlon qilib borişi lozim bölgan maʼlumotlarning röyxati tasdiqlandi.

    Hujjatda oçiq axborot turi, joylaştiriladigan resursi, taqdim etiş va yangilaş muddati hamda ularni joylaştiriş uçun masʼul davlat organlari va taşkilotlari aniq belgilab berildi.

    Yana bir jihat, şu kungaça ham davlat hokimiyati boşqaruv organlarining oçiqligi töğrisidagi normativ hujjatlar mavjud bölgan. Ammo ulardagi normalarni hayotga tatbiq etişga masʼul yoki uni bajariş talablarini buzgan mansabdor şaxslarning javobgarlik masalasi oçiq qolavergan. Bu esa qonunçilik hujjatining hayotga töliq joriy etilişiga salbiy omil bölib xizmat qilib kelgan.

    Şunga muvofiq, mazkur yönalişdagi qonunçilik hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga qöşimça vazifa sifatida yuklatilib, Agentlik tarkibida davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini taʼminlaş boşqarmasi taşkil etildi.

    Boşqarma zimmasiga sohadagi faoliyatni muvofiqlaştiriş va doimiy monitoring qiliş, oçiq maʼlumotlar röyxatini uzluksiz töldiriş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş çoralarning işlab çiqilişi va joriy etilişi, ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va taşkilotlari xizmatçilariga «davlat organlari faoliyati oçiqligi, şaffofligi va hisobdorligi» madaniyatini singdiriş kabi muhim vazifalar belgilab berildi.

    Ötgan davrda Agentlik tomonidan soha va hududlar kesimida Prezident Farmonida belgilab berilgan vazifa va vakolatlardan kelib çiqib, muayyan işlar amalga oşirildi.

    Jumladan, mutaxassislar tomonidan barça hududlarda mahalliy hokimliklar, davlat organlari va taşkilotlari, keng jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari iştirokida Farmonning mazmuni va ahamiyati, şuningdek unda hududiy organlarga belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaşga qaratilgan keng kölamli tuşuntiriş işlari ötkazildi.

    Bundan taşqari, Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning Prezident Farmonida belgilangan majburiyatlarni ijro holati muntazam monitoring qilib borilmoqda.

    Jumladan, Farmon talablariga muvofiq, mahalliy davlat hokimliklari mahalliy byudjetlarning har çorak yakunida şakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirilib bajarilgan qismi hamda mazkur mablağlar yönaltirilgan maqsadlar töğrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlariga joylaştiriş vazifasi belgilangan.

    Örganiş davomida ayrim mahalliy hokimliklar tomonidan yuqoridagi maʼlumotlar qisman oçiqlanişi taʼminlangan bölsa, ayrim hududiy hokimliklar mazkur majburiyatlarini umuman bajarmagani aniqlangan.

    Monitoring natijasi böyiça Agentlik tomonidan maʼlumotlarni oçiqlanişini taʼminlamagan 13 ta mahalliy davlat hokimliklariga taqdimnomalar kiritildi.

    Yoki, joriy yilning oktyabr oyi holatiga ötkazilgan monitoring natijalari böyiça 230 ta vazirlik va idoralarning 121 tasi xizmat safarlari va xorijdan taşrif buyurgan mehmonlarni kutib oliş xarajatlari haqidagi maʼlumotlarni öz rasmiy veb-saytlariga joylaştirmagani aniqlandi.

    Şu kabi, Respublikadagi 119 ta davlat organi va taşkiloti öz tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boşqa köçmas mulklar töğrisidagi maʼlumotlarni Oçiq maʼlumotlar portaliga öz vaqtida joylaştirilişini taʼminlamagan bölsa, 48 tasi Portalda şaxsiy kabinet ham oçmagan.

    Taʼkidlaş kerakki, Agentlik tomonidan ötgan davr davomida davlat xaridlari sohasini örganiş natijalari böyiça aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni keltirib çiqaruvçi omillar çuqur tahlil qilinib, şu kabi qonunbuzilişlarni oldini olişga qaratilgan muhim takliflar işlab çiqilmoqda.

    Bunda, asosiy eʼtibor sohada oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş orqali jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, şuningdek, axborot kommunikatsiya vositalarini faoliyatga keng tadbiq etiş ustivor vazifa sifatida belgilab olingan.

    Masalan, tadbirkorlik subyektlaridan bildirilgan haqli eʼtirozlar asosida, Agentlik tomonidan quriliş sohasida davlat xaridlari amalga oşirilayotgan “tender.mc.uz” elektron portali faoliyati örganib çiqildi.

    Örganişda portal faoliyati davlat xaridlariga oid qonunçilik talablariga mos bölmagan holda, oferentning savdodan çetlatilişi asoslari va iştirokçilarni baholaş metodikasi Quriliş vazirligining yopiq şaklda qabul qilgan hujjati asosida amalga oşirilib kelinayotganligini maʼlum böldi.

    Örganiş yakunlari böyiça Agentlik tomonidan davlat xaridlari, şu jumladan quriliş sohasidagi 10 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlarini takomillaştiriş yoki yangilarini işlab çiqiş, şuningdek, 34 ta tizimdagi takomillaştiriş va mavjud axborot bazalarini integratsiya qiliş orqali inson omilini yöq qilişga qaratilgan asoslantirilgan takliflar işlab çiqildi.

    Endilikda Agentlik tomonidan oçiqlikni taʼminlaş böyiça belgilangan talablarning ijrosini monitoring qiliş tizimlaştiriladi. Buning uçun biz masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda, Davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini monitoring qiliş va baholaş böyiça metodikani işlab çiqdik.

    Unga köra, har yili yakuni böyiça davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining oçiqlikka oid majburiyatlari umumiy 10 ga yaqin indikatorlar asosida baholanib, yil yakuniga köra Oçiqlik reytingi eʼlon qilinadi.

    Oçiqlik darajasi eng yuqori deb topilgan davlat organi yoki taşkilotining sohaga masʼul xodimlarini rağbatlantiriş, aksinça salbiy bölganlarini qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasini hal etiş tartibini joriy etiş taklif etilmoqda.

    Eng asosiysi, Reyting u yoki bu davlat organi va taşkilotining oçiqlik darajasini jamoatçilik uçun yaqqol körsatiş imkonini beradi.

    Şuningdek, Oçiq joylaştirilişi kerak bölgan maʼlumotlar kölamini kengaytiriş borasida Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Sloveniya, Singapur va Qozoğiston kabi önga yaqin rivojlangan xorijiy mamlakatlarning bu boradagi ijobiy iş tajribasi örganilib, amaliyotga tadbiq etiş çoralari körilmoqda.

    Masalan, “avtomobil tarixi” töğrisidagi maʼlumotlarni avtomototransport vositasining davlat raqami belgilarini kiritiş orqali aniqlaş elektron interaktiv xizmatini joriy etiş rejalaştirilgan. Bu ikkilamçi bozorda avtotransport oldi-sotdi jarayonlarida turli noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olişga xizmat qiladi.

    Yoki, joriy yilning 1 sentyabridan boşlab davlat fuqarolik xizmatiga oçiq tanlov asosida işga qabul qiliş amaliyoti yölga qöyildi. Yаʼni, davlat organi va taşkiloti endilikda xodimlarni işga qabul qilişdan oldin vakant lavozimlarga tanlov eʼlon qilinişi haqida rasmiy manbalar orqali xabar berişi, saralaş jarayonlarini oçiq ötişini taʼminlaşi lozim. Bu yönalişda ham hali oldimizda köplab qilinişi lozim bölgan işlar turibdi.

    Yana bir muhim jihat. Agar oçiqlik sohasida keskin özgarişlarga erişişni istasak, albatta xalqaro taşkilotlarga aʼzo böliş orqali umumeʼtirof etilgan standartlar talablarini bajarişimiz lozim. Şundagina demokratiya, korrupsiya, investitsiya, söz erkinligi darajalarini belgilovçi qator nufuzli reyting va indekslar öz pozitsiyalarimizni yanada yaxşilaymiz.

    Şu boisdan, hozirda “Oçiq Hukumat hamkorligi” xalqaro taşkilotiga Özbekiston Respublikasining aʼzo böliş imkoniyatlari örganilmoqda. Şu munosabat bilan, xalqaro ekspertlar hamda mazkur taşkilot mutaxassislariga yurtimizda sönggi yillarda mazkur yönalişda amalga oşirilgan islohotlar haqida maʼlumot berdik va qator muzokaralar ötkazildi.

    Öylaymanki, mamlakatimizda oçiqlikni taʼminlaş borasida qabul qilingan qonunçilik hujjatlari va amalga oşirilgan maʼmuriy islohotlar natijasi “Oçiq Hukumat hamkorligi” xalqaro taşkiloti tomonidan amaldagi asosiy mezonlarni yangilangan natijalarida Özbekiston pozitsiyasini bir neça barobar yaxşilaş imkonini beradi.

    Sözimning yakunida oçiqlikni taʼminlaş sohasida hozir sözga çiquvçi spikerlar rahbarligida katta hajmdagi işlar amalga oşirilayotganini taʼkidlamoqçiman. Çunki uşbu soha nafaqat korrupsiyaga qarşi kuraşiş bilan boğliq, balki OAVlar bilan işlaş, moliyaviy şaffoflikni taʼminlaş, qonunçilikni takomillaştiriş, hattoki fuqarolar murojaatlari bilan işlaşdagi samaradorlik bilan ham baholanadi.

    Öylaymanki, kelgusida ham uşbu yönalişda saʼy-harakatlarni birlaştirib, hamkorlikni davom ettiramiz.