Virtual qabulxona

Farğona viloyatida korrupsiyaga qarşi kuraşişga oid “Yöl xaritasi” ijrosini örganiş davom etmoqda

Yangiliklar 598 marta körilgan

Boş prokuratura va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xodimlaridan iborat Respublika işçi guruhi tomonidan Farğona viloyatida "Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va korrupsiyaviy omillarning oldini oliş borasida dolzarb çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça Yöl xarita" ijrosi yuzasidan örganişlar olib borildi.

Örganiş yakunlari Respublika işçi guruhi va "Yöl xarita" ijrosiga masʼul idoralar iştirokida viloyat korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça hududiy Kengaş majlisida tanqidiy va tahliliy muhokama qilindi.

Unda, sohalarni raqamlaştiriş orqali korrupsiyaviy xavfni kamaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, xufiyona aylanmalar saqlanib qolişiga sabab bölayotgan omillar körsatib ötildi.

Yiğiliş yakunida raqamlaştiriş jarayonlarini töliq yakunlaş, inson omilini yanada qisqartiriş va korrupsiyaviiy xavflarni qisqartiriş yuzasidan aniq topşiriq va vazifalar belgilab berildi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Öxşaş materiallar