Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Joriy yilning 20-21-yanvar kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Davlat boshqaruvining shaffofligi va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Unda Agentlik direktori A. Burxanov va Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili X. Ronni ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasining mazmun-mohiyati va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati”, “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash” kabi mavzularda o‘zaro muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Agentlikning 2022-yilda amalga oshirilgan va 2023-yilda rejalashtirilgan faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar