Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza

24 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 15 tasida 49 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga o‘tkazilgan ochiq tanlovlar

· “O‘zbekgeologiya qidiruv” AJda;

· Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKda;

·“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKda.

· Qishloq xo‘jaligi vazirligida.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatining samaradorligi  bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar

▪️ 17 aprel

“O‘ztransgaz” AJda;

▪️ 18 aprel

“O‘zbekiston havo yo‘llari” AJda;
     

 Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mas’ul xodimlari uchun

18 aprel

“Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligi: 2022 yil natijalari tahlili va 2023 yilga mo‘ljallangan istiqboldagi rejalar” mavzusida (onlayn) o‘quv-seminar

Davlat xaridlari va boshqa sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi yuzasidan

– vazirlik idoralarga 12 ta (14,1 mlrd so‘mlik) taqdimnoma;

– davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga 8 ta (35 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma;

–  huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta (5,5 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida

Jami 231 ta (shundan 6 tasi Call markaz orqali) murojaatdan:

189 tasi ko‘rib chiqilgan (42 tasi ko‘rib chiqilmoqda)

1 tasi ijobiy hal etilgan;

51 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan;

4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan;

4 tasi anonim deb topilgan;

-  129 tasi vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan soha va yo‘nalishlar

ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 23 ta (10,0%);

sud qarorlaridan noroziliklar bo‘yicha 20 ta (8,7%);

davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 19 ta (8,2%);

prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 18 ta (7,8%);

ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 16 ta (6,9%);

mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 15 ta (6,5%), v.b.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash

Ochiqlik indeksida “qizil” (15 ta) va “sariq” (44 ta) toifada baholangan davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar va chora-tadbir rejalari loyihalari ishlab chiqildi.

2022 yil davomida xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilish holati tahlil qilindi.

Jamoatchilik bilan aloqalar va Milliy kengash faoliyati 

▪️ 11-12 aprel

Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston jurnalistlari va blogerlarining korrupsiya masalalariga oid jurnalist surishtiruvini o‘tkazish bo‘yicha salohiyatini oshirish” mavzusida trening;

▪️ 20 aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari uchun “Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholash natijalari” to‘g‘risida seminar;

▪️ 20-aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi.  

Xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar

▪️ 5-aprel

Agentlik vakillari hamda Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi” dasturining “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va ochiqlikka ko‘maklashish” loyihasi yangi rahbari Yusel Erduran bilan mazkur dastur doirasida 2023-yil davomida amalga oshiriladigan maqsadli yo‘nalishlarni belgilash hamda yaqin hamkorlik olib borish yuzasidan;

▪️ 6-aprel

Agentlik direktori hamda YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, missiya rahbari v.b. Xans-Ulrix Im o‘rtasida “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokamasi bo‘yicha;

▪️ 18-aprel

Agentlik va BMT TD Istanbul mintaqaviy markazi missiyasi vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda ma’muriy va davlat xizmatidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda yaqin hamkorlik o‘rnatish masalasida;

▪️ 25-aprel

Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan “Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturi” doirasida qabul qilinadigan Islohotlar matritsasining bajarish jarayonining muhokamasi yuzasidan;

▪️ 29-aprel

Agentlik rahbariyati va Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha.

Xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan xizmat safarlari

17-20 aprel

Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Estoniya va Finlyandiyaga xizmat safari amalga oshirildi.

OAV hamda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar

110 marotabadan ortiq. Shundan:

▪️ televideniyeda 7 ta lavha va reportaj;

▪️ Agentlikning rasmiy veb-saytida 32 ta

▪️ internet nashrlarida 70 ta material e’lon qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar