Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Joriy yilning 19-may kuni Korrupsiyaga qarish kurashish agentligi direktori o‘rinbosari BMT Taraqqiyot dasturining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Global maslahatchisi A.Timilsinani qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar BMT TD hamkorligida O‘zbekistonda mazkur sohada amalga oshirilgan loyihalarni sarhisob qilib, hamkorlik doirasida erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashdilar.

Xususan, BMT TD bilan hamkorlikda davlat idoralarida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari joriy etish, nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarini sohaga jalb etish hamda tizimga elektron mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha qilingan ishlar sanab o‘tildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yangi loyihalar ishlab chiqish orqali hamkorlik samaradorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi strategik hujjatlarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar