Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini taʼminlash orqali jamoatchilik nazoratini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 16-iyunidagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalarining daromadlari, xarajatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari bo‘lgan davlat organlari tomonidan rasmiy veb-sayt va boshqa ochiq axborot manbalarida eʼlon qilib borilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlar asosida 2023-yilning dastlabki olti oyi davomida respublikadagi 70 ta davlat oliy taʼlim muassasalarining daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar tahlil qilindi.

Maʼlum bo‘lishicha, respublika kesimida eng ko‘p daromadlar O‘zbekiston milliy universiteti (245 mlrd so‘m), Farg‘ona davlat universiteti (191 mlrd so‘m), Qoraqalpoq davlat universiteti (188 mlrd so‘m) va Termiz davlat universiteti tomonidan (169 mlrd so‘m) shakllantirilgan.

Toshkent shahrida joylashgan eng ko‘p daromad* ko‘rgan oliy taʼlim muassasalarining qisqa ro‘yxati quyidagicha:

1.             O‘zbekiston milliy universiteti 245 mlrd so‘m

2.             O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 165 mlrd so‘m

3.             Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 151 mlrd so‘m

4.             Toshkent davlat texnika universiteti 145 mlrd so‘m

5.             Toshkent moliya instituti 102 mlrd so‘m

*Izoh: Oliy taʼlim muassasalarining daromadlari byudjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushgan tushumlar, rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

Shuningdek, joriy yilning dastlabki olti oyida daromad va xarajatlar orasidagi ijobiy tafovuti yuqori bo‘lgan OTMlar - Samarqand davlat chet tillar instituti (33 mlrd. so‘m), Navoiy davlat pedagogika instituti (27 mlrd so‘m), Termiz davlat pedagogika instituti (24 mlrd so‘m), Shahrisabz davlat pedagogika instituti (19 mlrd so‘m).

Bundan tashqari, joriy yilning I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha xarajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar - Namangan davlat universiteti (-230 mlrd so‘m), Chirchiq davlat pedagogika universiteti (-128 mlrd so‘m), Urganch davlat universiteti (-85 mlrd so‘m).

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlumotiga ko‘ra, bugungi kunda respublikada jami 210 ta OTMlar bo‘lib, ulardan 115 tasi davlat organlari tasarrufidagi OTMlar, 65 tasi nodavlat oliy taʼlim muassasalari, 30 tasi xorijiy OTMlar va ularning filiallari hisoblanadi.

Davlat oliy taʼlim muassasalarining yillik daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida maʼlumot

(2023-yil I yarim yillik yakuni holatiga)

O‘lchov birligi, mln so‘m.

Oliy taʼlim muassasalari

Jami daromadlar

Jami xarajatlar

Daromad va xarajatlar orasidagi farq

Samarqand davlat chet tillar instituti

97 018

63 720

33 299

Navoiy davlat pedagogika instituti

106 972

79 662

27 310

Termiz davlat pedagogika instituti

59 051

34 724

24 327

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

53 197

33 661

19 536

Buxoro davlat pedagogika instituti

47 726

33 378

14 348

Farg‘ona politexnika instituti

94 306

80 698

13 607

Andijon mashinasozlik instituti

55 086

43 231

11 856

Qo‘qon davlat pedagogika instituti

93 131

81 538

11 593

Andijon davlat pedagogika instituti

53 017

42 247

10 770

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti

76 421

67 966

8 455

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

51 514

43 629

7 885

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

48 687

41 759

6 928

Namangan muhandislik-qurilish instituti

66 448

60 212

6 236

Urganch davlat pedagogika instituti

16 694

10 697

5 997

Qarshi davlat universiteti

134 973

129 439

5 534

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

53 618

48 408

5 211

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali

15 513

10 579

4 934

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

85 491

81 273

4 217

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

49 319

45 533

3 786

Andijon davlat chet tillari instituti

31 624

28 384

3 240

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

55 377

52 316

3 061

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

46 208

43 496

2 712

Jizzax politexnika instituti

57 707

55 056

2 651

Samarqand davlat universitetining Urgut filiali

6613

4 601

2 013

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Nukus filiali

9 265

7 332

1 933

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat byudjet oliy maʼlumot taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi filiali

6 783

5 021

1 762

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

14 352

12 746

1 606

Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti" federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining filiali

6135

4 605

1 530

Astrahan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali

8 114

6 743

1 371

Namangan davlat pedagogika instituti

12 655

11 423

1 232

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

7 695

7 058

637

Guliston davlat pedagogika instituti

14 280

13 966

314

Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali

7 337

7 342

-4

Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti

7 482

7 541

-59

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

15 591

15 694

-103

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

25 809

25 946

-137

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali

6436

6 575

-138

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

12 465

12 622

-157

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

46 987

47 636

-650

"Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS" ning Olmaliq shahridagi filiali

11 170

11 862

-692

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 446

20 217

-772

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali

7 779

8 943

-1 164

Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali

2741

3 942

-1 201

O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali

16 807

19 573

-2 767

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

3435

6 346

-2 912

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

10 165

13 856

-3 690

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

23 811

27 688

-3 877

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

38 726

43 165

-4 439

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

67 907

72 901

-4 993

Guliston davlat universiteti

100 431

107 523

-7 093

Andijon davlat universiteti

121 455

128 854

-7 399

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

89 397

97 485

-8 088

Termiz muhandislik-texnologiya instituti

28 760

37 413

-8 653

Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti

39 847

48 896

-9 049

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

53 128

62 667

-9 539

Toshkent davlat texnika universiteti

144 867

154 560

-9 694

Buxoro davlat universiteti

146 019

157 607

-11 588

Samarqand davlat universiteti

156 308

169 624

-13 316

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

30 212

45 588

-15 375

O‘zbekiston milliy universiteti

244 802

262 644

-17 843

Farg‘ona davlat universiteti

191 107

210 608

-19 500

Jizzax davlat pedagogika universiteti

125 813

153 548

-27 735

Toshkent moliya instituti

102 165

134 960

-32 795

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

165 134

200 492

-35 358

Termiz davlat universiteti

169 422

207 085

-37 663

Qoraqalpoq davlat universiteti

188 134

230 146

-42 013

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

151 515

202 601

-51 087

Urganch davlat universiteti

129 160

214 340

-85 180

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

121 694

249 427

-127 733

Namangan davlat universiteti

142 791

373 655

-230 864

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar