Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni kuchaytirish maqsadida xodimlar o‘rtasidaturli sport musobaqalar o‘tkazish yaxshi anʼanaga aylangan.

Chunki sport – birdamlik, do‘stlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga ishonch vositasidir va ayni jihatlar jamoaning ishchanlik kayfiyati hamda mehnat samaradorligini oshirishda nihoyatda muhim.

Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi oldidan Agentlik direktorining sovrini uchun o‘tkazilgan navbatdagi sport musobaqasi ham buni yaqqol isbotladi.

Mazkur sport tadbirida Agentlik jamoasi sportning shaxmat, shashka, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordi.

Musobaqa mezonlaridan kelib chiqib o‘z ishtiroki, erishgan natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar