Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil ostida xalqimiz murojaatlari tinglanib, ularning masalalariga yechim topish choralari ko‘rilmoqda.

Bu borada bugun Agentlik direktori A.Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolar asosan sud-huquq masalalari bo‘yicha hamda turli davlat organlari, mahalliy hokimliklarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligidan  hamda turli korrupsiyaviy holatlardan noroziliklar bildirishdi.

Qabulda fuqarolarning murojaatlari to‘liq tinglanib, masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi saʼy-harakatlar aholi muammolarining hal etilishiga xizmat qiladi hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga zamin yaratadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar