O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2022 yil davomida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2022 yilda jami 2234 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 2219 tasi ko‘rib chiqilishi ta’minlangan, hozirda 15 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Shundan, 88 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 817 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 2 tasining ijobiy yechimi yuzasidan Agentlikka tashakkurnoma bildirildi, 63 ta murojaat anonim deb topilgan, 26 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 5 ta murojaat ma’lumot uchun qabul qilingan, 1220 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 1919 tasi jismoniy shaxslardan, 315 tasi yuridik shaxslardan, 1565 tasi yozma, 306 tasi elektron, 363 tasi og‘zaki ko‘rinishda, shundan, 103 tasi Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabulida, 75 tasi mas’ul xodimlarning qabulida, 185 tasi Call markaz orqali kelib tushgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 52 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 36 ta taqdimnoma kiritilgan.
Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 13 ta qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan hujjatlar bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 12 ta jinoyat ishi, 5 ta ma’muriy javobgarlik va 12 ta intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Murojaatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, 30,9 mlrd. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Respublikamizda olib borilayotgan keng islohotlar hamda Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, jumladan, turli yo‘nalishlardagi korrupsiyasiz soha loyihalari, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan yo‘l xaritalarining ijrosi hamda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni va sohalar bo‘yicha kamayishi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilda Agentlikka kelib tushgan 2234 ta murojaatlarni 2021 yilda kelib tushgan 4901 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 54,4 foizga kamaygan.
Sohalar bo‘yicha:
Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida
sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning
xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iboratdir.
Jumladan, 2022 yilda Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:
- sud qarorlaridan noroziliklar 229 ta (10,2%), shundan:
JIB sud qaroridan 120 ta;
FIB sud qaroridan 59 ta;
Iqtisodiy sud qaroridan 24 ta;
Ma’muriy sud qarorlaridan 20 ta;
Harbiy sud qaroridan 6 ta.
- ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 184 ta (8,0%), shundan;
94 ta (4,2%) xalq ta’limi sohasida;
48 ta (2,1%) oliy ta’lim sohasida;
42 ta (1,9%) maktabgacha ta’lim sohasida.
- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 160 ta (7,0%);
- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari
va qarorlaridan noroziliklar 134 ta (5,8%);
- agentlikka ishga kirish masalasida 122 ta (5,8%);
- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar
va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 114 ta (4,9%);
- ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining
xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 111 ta (5,3%);
- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar
111 ta (5,1%);
- yer maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bo‘layotganligi bo‘yicha 110 ta (5,1%);
- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 95 ta (4,0%);
- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan 75 ta (3,9%);
- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 72 ta (3,9%);
- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 70 ta (3,2%);
- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 70 ta (3,2%);
- davlat boshqaruvi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik masalasida 56 ta (2,6%);
- tadbirkorlik masalasida 58 ta (2,5%);
- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 45 ta (2,1%);
- gaz masalasida 36 ta (1,6%);
- mehnat qonunchiligining buzilishi holatlari bo‘yicha
35 ta (1,3%);
- noqonuniy qurilishlar masalasida 34 ta (1,6%);
- kadastr masalasida 23 ta (1,1%);
- uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan
22 ta (1,0%);
- agentlik rahbariyati qabuliga kirish masalasida 20 ta (0,9%);
- tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarga kompensatsiya mablag‘larini undirish bo‘yicha 19 ta (0,9%);
- shartnoma shartlarini bajarmaslik masalasida 19 ta (0,8%);
- elektr-energiyasi masalasida 17 ta (0,7%);
- soliq hodimlarining hatti-harakatidan noroziligi yuzasidan
15 ta (0,7%);
- budjet mablag‘larini talon taroj qilish masalasida
15 ta (0,7%);
- mahallalarda o‘tkazilgan saylovlar masalasida 13 ta (0,6%);
- moddiy yordam va moddiy zararni undirish masalasida
13 ta (0,6%);
- pensiya masalasida 10 ta (0,5%);
- reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibiga kirish yuzasidan 8 ta (0,4%);
- adliya organlari xodimlaridan norozilik 8 ta (0,4%);
- sport sohasidagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan 8 ta (0,3%);
- advokatning xatti-harakatlaridan norozilik masalasida
7 ta (0,3%);
- "Obod mahalla" dasturi bilan bog‘liq masalalar
bo‘yicha 7 ta (0,2%);
- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati masalasida 6 ta (0,3%);
- korrupsiyaga oid jinoyatlar 6 ta (0,3%);
- yo‘l ta’mirlash va transport sohasida 6 ta (0,2%);
- aliment undirish masalasida 5 ta (0,3%);
- yoshlar ishlari masalasida 4 ta (1,0%);
- subsidiya ajratish masalasida 4 ta (0,2%);
- suv masalasida 2 ta (0,2%);
- ekologiya masalasida 2 ta (0,1%) va 54 ta (2,6%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Hududlar bo‘yicha:
Korrupsiya qarshi kurashish agentligiga 2022 yil davomida Respublikamizning quyidagi hududlaridan murojaatlar kelib tushgan:
Toshkent shahar bo‘yicha 668 ta;
Toshkent viloyati bo‘yicha 260 ta;
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 200 ta;
Samarqand viloyati bo‘yicha 165 ta;
Namangan viloyati bo‘yicha 132 ta;
Farg‘ona viloyati bo‘yicha 128 ta;
Buxoro viloyati bo‘yicha 100 ta;
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 95 ta;
Andijon viloyati bo‘yicha 93 ta;
Navoiy viloyati bo‘yicha 89 ta;
Jizzax viloyati bo‘yicha 83 ta;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha 78 ta;
Xorazm viloyati bo‘yicha 68 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 67 ta;
Chet eldan 8 ta murojaat kelib tushgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda, murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf qilish, muammolarga yechim topish, murojaatlarni tahlil qilish asosida qonunchilikni yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni belgilab olinishi muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022 yil uchun tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2022 yil davomida amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tegishli organlarga kiritish bo‘yicha tegishli vazifalar amalga oshirildi.
Jumladan, amaldagi qonunchilikda xarid komissiyasining aniq vazifa va vakolatlari qayd etilmaganligi va boshqa bir qator korrupsion omillarning mavjudligi bu sohada o‘tkazilgan tender savdolari bo‘yicha ko‘plab murojaatlarni kelib tushayotganligi inobatga olib, Agentlik tomonidan qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi va 11 ta korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlandi. Mazkur korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan Agentlik tomonidan bildirilgan takliflarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi.
Shuningdek, Agentlik vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilish orqali muammolarga yechim topish,
mavjud tartib-taomillarni o‘zgartirishni (raqamlashtirish, soddalashtirish, tugatish kabilarni) nazarda tutuvchi hamda qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida muhokama qilinib, tegishli “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Mazkur “Yo‘l xarita” tegishli vazirlik va idoralarga ijro uchun yuborildi.
Jumladan, mazkur “Yo‘l xarita”da nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida bitim imzolashda “inson omili”ning mavjudligini inobatga olgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida bitim imzolanishini elektron tarzda amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, belgilangan vazifa ijrosi yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi va
davlat-xususiy sheriklik asosidagi bitimlarni imzolash elektron shaklda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.