2021 YIL DAVOMIDA AGENTLIKKA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN KELIB TUSHGAN MUROJAATLARNI KO‘RIB CHIQISH NATIJALARI
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mutasaddilarning xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Agentlikka 2021 yilda jami 4 901 ta (493 tasi dublikat) murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 107 tasi Agentlik rahbariyati tomonidan tashkil etilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan.
Murojaatlarning:
245 tasi ijobiy hal etildi;
1 163 tasi huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirildi;
5 tasining ijobiy yechimi yuzasidan Agentlikka tashakkurnoma bildirildi;
2 tasi fuqaroning arizasiga asosan ko‘rilmasdan qoldirildi;
117 tasi anonim deb topildi;
43 tasi ma’lumot uchun qabul qilindi;
158 tasi takroriy bo‘lgani sababli ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatildi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 213 ta so‘rovnoma yuborildi, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 53 ta taqdimnoma hamda 13 ta ogohlantirish kiritildi.
Murojaatlarni o‘rganish natijasida 52 ta qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan qarorlar, shu jumladan, 22 ta tender savdolari bekor qilindi, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 15 ta jinoyat ishi, 38 ta ma’muriy javobgarlik hamda 15 ta intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atildi va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Agentlikka kelib tushayotgan aksariyat murojaatlarning mazmuni sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi bilan bog‘liq. Jumladan, soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlarning tahlili quyidagicha:
- sud qarorlaridan noroziliklar 635 ta (12,8%);
- ta’limi sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 481 ta (9,8%), jumladan:
386 tasi xalq ta’limi sohasi bo‘yicha (141 tasi dublikat);
53 tasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi sohasi bo‘yicha;
41 tasi maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha.
- yer maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-toroj bo‘layotganligi bo‘yicha 346 ta (7,1%);
- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 343 ta (7,0%);
- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 303 ta (6,2%);
- ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 269 ta (5,5%);
- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 222 ta (4,5%);
- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 187 ta (3,8%);
- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 153 ta (3,1%);
- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 150 ta (3,1%);
- mehnat qonunchiligining buzilishi holatlari bo‘yicha 137 ta (2,8%);
- uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan 123 ta (2,5%);
- noqonuniy qurilishlar masalasida 121 ta (2,5%);
- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari
va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 118 ta (2,4%);
- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan 108 ta (2,2%);
- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 86 ta (1,9%);
- Agentlikka ishga kirish masalasida 78 ta (1,6%)
- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 69 ta (1,4%);
- moddiy zararni undirish masalasida 61 ta (1,2%);
- gaz ta’minotidagi muammolar yuzasidan 54 ta (1,1%);
- kadastr sohasi bo‘yicha 52 ta (1,1%);
- rahbarlarning shaxsiy qabuliga kirish masalasida 49 ta (1,0%)
(26 tasi dublikat);
- davlat budjeti mablag‘larining talon-toroj qilinishi yuzasidan 48 ta (1,0%);
- pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlashdagi muammolar yuzasidan 45 ta (0,9%);
- davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 43 ta (0,9%);
- obodonlashtirish masalasida 19 ta (0,4%);
- shartnoma shartlarining bajarmasligi masalasida 17 ta (0,3%);
- diniy masalalarda 16 ta (0,3%);
- tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganligi bo‘yicha kompensatsiya mablag‘larini undirishga amaliy yordam berishni so‘rab 15 ta (0,3%);
- elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan 12 ta (0,2%);
- advokatlarning xatti-harakatlari yuzasidan 11 ta (0,2%);
- ekologiya masalasida 8 ta (0,2%);
- tadbirkorlik masalasida 17 ta (0.3%);
- ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar yuzasidan 6 ta (0,1%);
- pasport olish yuzasidan 5 ta (0,1%);
- dividend masalasida 4 ta (0,1%);
- bojxona xizmati xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 4 ta (0,1%);
- saylov masalasida 4 ta (0,1%);
- sug‘urta masalalarida 3 ta (0,1%) va 479 ta (9,8%) boshqa turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning hududlar kesimidagi tahlili:
Toshkent shahar bo‘yicha 1088 ta;
Navoiy viloyati bo‘yicha 480 ta;
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 451 ta;
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 426 ta;
Toshkent viloyati bo‘yicha 418 ta;
Namangan viloyati bo‘yicha 391 ta;
Samarqand viloyati bo‘yicha 373 ta;
Xorazm viloyati bo‘yicha 239 ta;
Farg‘ona viloyati bo‘yicha 237 ta;
Buxoro viloyati bo‘yicha 225 ta;
Jizzax viloyati bo‘yicha 225 ta;
Andijon viloyati bo‘yicha 151 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 107 ta;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha 86 ta;
Chet el fuqarosidan 4 ta murojaat kelib tushgan.
Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf qilish, muammolarga yechim topish, tahlil qilish asosida qonunchilikni yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqilishi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olinishi muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda Agentlikning 2022 yil uchun tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2022 yil davomida amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tegishli organlarga kiritish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.