Виртуальная приемная

O‘zbekiston va Qatar davlati korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilandi

Главные новости 1 497 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

O‘zbekiston delegatsiyasining Qatarga tashrifi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov va ushbu mamlakatning Davlat audit byurosi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi markazi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Qatar Davlat audit byurosi prezidenti Abdulaziz Al-Emadi bilan uchrashuv doirasida ikki davlat idoralari o‘rtasida davlat xaridlari sohasida qonuniylikni taʼminlash, moliyaviy nazorat tizimi, tender va auksionlarni tashkil etish hamda sohadagi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ikki idora o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolashga va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun: Qatar Davlat audit byurosi 1973-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Mazkur idora davlat organlarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish hamda davlat xaridlari sohasida qonuniylikni taʼminlashga masʼuldir. Agentlik va Audit idorasi o‘rtasidagi munosabatlar 2023-yildan yo‘lga qo‘yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы