Виртуальная приемная

Yevropa Ittifoqi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Главные новости 1 356 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar hamda Delegatsiyaning hamkorlik bo‘yicha rahbari Kristos Marazopulosni qabul qildi.

Muloqotda Agentlik va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati, istiqbollari hamda amalga oshirilayotgan qo‘shma tashabbuslar va loyihalar samarasi haqida so'z bordi.

Aytish joiz, Yevropa Ittifoqi bilan o‘tgan davr mobaynidagi samarali hamkorlik doirasida korrupsiyaga qarshi milliy strategiya loyihasini tayyorlash, elektron platformalarni ishlab chiqish, Transparency International tashkiloti bilan hamkorlikni rivojlantirish, NNT va OAVlar faolligini qo‘llab-quvvatlash, Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi faoliyatini takomillashtirish hamda sohada ilg‘or mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishlarida muhim natijalarga erishildi.

Muloqotda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari — sunʼiy intellekt va innovatsion yechimlarni joriy etish, Yevropa mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi tuzilmalari bilan tajriba almashish hamda Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi faoliyatini qo'llab-quvvatlash masalalarida aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini eʼtirof etib, sohadagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga hamda Agentlik bilan konstruktiv muloqotni yangi bosqichda davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы