Виртуальная приемная

Xorazmda korrupsiyaga qarshi kurashishda NNTlar ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi

Главные новости 868 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Xorazm viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi NNTlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini taʼminlashda ularning ishtirokini kuchaytirish, faolligini oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida eʼlon qilinayotgan grant loyihalari va davlat ijtimoiy buyurtmalari tanlovlarida viloyat NNTlarining ishtirokini son va sifat jihatdan oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, NNT vakillarining sohaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi platformasida maxsus o‘quv kursi ishlab chiqilayotgani maʼlum qilindi.

Muloqot davomida qonunchilikda belgilangan vakolat va imkoniyatlardan samarali foydalanish, qonun hujjatlariga takliflar tayyorlash, davlat organlari veb-saytlarini monitoring qilish, shuningdek jamoatchilik kengashlari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar faoliyatida ishtirok etishni kengaytirish masalalari ham muhokama etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы