Виртуальная приемная

Xalqaro reytingda O‘zbekiston ko‘rsatkichlari yaxshilandi

Главные новости 980 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

"World justice project" xalqaro tashkilotining Huquq ustuvorligi indeksi 2025-yilgi natijalari e’lon qilindi.

Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 3 pog‘ona ko‘tarilib, 143 mamlakat orasida 81-o‘rinni egalladi.

Indeks 8 ta indikatorni:

  • “Hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi”,
  • “Korrupsiyaning mavjud emasligi” ,
  • “Davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi)”,
  • “Asosiy huquqlarni himoya qilish”,
  • “Tartib va xavfsizlik”,
  • “Huquqni muhofaza qilish”,
  • “Fuqarolik va jinoiy odil sudlov” kabi indikatorlarni o‘z ichiga oladi.

Ahamiyatlisi, indeksning “Korrupsiyaning mavjud emasligi” faktorida ham mamlakatimiz ko‘rsatkichida o‘sish qayd etilib, 0.47 ball bilan 67-o‘ringa ko‘tarilgan.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning korrupsiyaga oid ushbu faktordagi ko‘rsatkichlari so‘nggi yillar davomida ko‘tarilib kelmoqda (2016-yilda 0.33 ball bilan 113 mamlakat orasida 96-o‘rinni egallagan).

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы