Vazirlik va idoralarda korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” bo‘lgan funksiyalar
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 240-son Qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkaziladi.
Bu yil korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan e-antikor.uz elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida 92 ta davlat tashkilotlari uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari tuzildi.
Natijada davlat tashkilotlariga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirishda mavjud bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, bu bilan kelgusida ushbu tashkilotlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish imkonini beruvchi tizim yaratildi.
Taʼkidlash lozimki, davlat tashkilotlarining rahbarlari tashkilot zimmasiga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun shaxsan javobgar sanaladi.
Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.
Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
Infografikada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: 2024 yilda vazirlikka yuklatilgan 134 ta funksiya baholashdan o‘tkazilgan, baholash yakuniga ko‘ra xavf-xatar darajasi 24 ta funksiyada – “yuqori”, 74 ta funksiyada – “o‘rta” hamda 36 ta funksiyada – “past” darajada.
Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati