Виртуальная приемная

To‘rtko‘l tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirishga oid chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi

Главные новости 705 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan To‘rtko‘l tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, boshqaruv jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, tuman sog‘liqni saqlash muassasalarida mas’ul rahbar va xodimlar bilan xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Shu bilan birga, korrupsion holatlarning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etishning ahamiyati ta’kidlandi.

Bundan tashqari, dehqon va buyum bozorlarini raqamlashtirish, savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiyalar berilib, ularni tezkorlik bilan ijroga qaratish bo‘yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы