Виртуальная приемная

Tayinlov

Главные новости 2 081 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining tegishli buyruqlari bilan Agentlik xodimlari:

Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Abdug‘aniyev Oybek Alisherovich — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Boyto‘rayev Farhod Mamatkarimovich — “O‘zsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Davlanov Alisher Yusubovich — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar:

Sardor Mamanov Agentlikning Korrupsiyaning oldini olish va komplayens-nazorat tizimini joriy etish boshqarmasi bosh inspektori lavozimida;

Oybek Abdug‘aniyev Agentlikning Korrupsiyaning oldini olish va komplayens-nazorat tizimini joriy etish boshqarmasi bosh inspektori lavozimida;

Farhod Boyto‘rayev Agentlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi bosh inspektori lavozimida;

Alisher Davlanov Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasining bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Похожие материалы