Surxondaryoda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida Surxondaryo viloyatida sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim masalalari, bu borada muammo va kamchiliklarning muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish Sog‘liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan tashkil etildi.
Ma'lumot o'rnida: Davlat rahbarining PQ-147-son qaroriga muvofiq, mazkur ichki nazorat bo‘linmasi huquqiy eksperiment tariqasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda viloyat tibbiyot muassasalarida korrupsiya xavflarining oldini olish, ularga yo‘l ochayotgan omillarni bartaraf etish, shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash masalalari sog‘liqni saqlash boshqarmasi, barcha tibbiyot muassasalari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari va boshqa masʼul xodimlar ishtirokida muhokama qilindi.

Jumladan, korrupsiya holatlarini erta aniqlash uchun ichki nazorat va monitoring tizimlarini kuchaytirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, resurslardan samarali va oqilona foydalanish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, soha xodimlair o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat va yuqori professional axloq normalarini shakllantirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Muhokamalar yakunida barcha muassasalar rahbarlariga viloyatning sog‘liqni saqlash muassasalalarida o‘tkazilgan monitoring va tahlillarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi qatʼiy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati