Виртуальная приемная

Sog‘liqni saqlash vazirligi ilk marotaba korrupsiyaga qarshi boshqaruv menejmenti xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi

Главные новости 1 025 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov ishtirokida vazirlik korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasining joriy yilgi faoliyati natijalari, kelgusi reja va vazifalar muhokama qilindi.

Maʼlumki, vazirlik korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi huquqiy eksperiment doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan.

Huquqiy eksperiment doirasida ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan:

  • vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 5 ta sohaviy buyrug‘i va 14 ta ichki hujjat qabul qilindi;
  • 14 ta hududiy boshqarma va 63 ta tizim tashkilotida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirga bo‘ysunuvi hamda hisobdorligi belgilandi;
  • – ilk marotaba vazir va hududiy boshqarma boshliqlarining xodimlar va jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatnomasi eʼlon qilindi;
  • Toshkent davlat tibbiyot universitetida va boshqa taʼlim muassasalarida talaba hamda tibbiyot xodimlari uchun “Tibbiyotda korrupsiyaning oldini olish” nomli maxsus fan tashkil etildi;
  • iqtisodiy yo‘nalishda aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi (nepotizm) holatlari tahlil qilinib, jami 567 ta holatda 206 nafar xodim ishdan bo‘shatildi va 364 nafari rotatsiya qilindi;
  • davlat xaridlarida tibbiy jihozlarni kafolat majburiyatini kuzatib borish yo‘lga qo‘yilib, ish va xizmatning narxlari tasdiqlangan;
  • byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi hamda korrupsiya risklarini barvaqt aniqlash va oldini olishni maqsadida yangi preventiv tizim – “Situatsion markaz” tashkil qilindi, natijada 9,7 mlrd so‘mlik mablag' ortiqcha rejalashtirilishining oldi olindi va 247 mlrd so‘m maqbullashtirildi;
  • korrupsiya haqida tezkor xabar beruvchi 1203 qisqa raqamli Call-markaz 24/7 rejimida faoliyat ko'rsatmoqda;
  • tibbiy xizmat sifati va aholi bilan muloqotni baholashuchun “Sirli mijoz” instituti joriy etildi.

Shu kabi tizimli chora-tadbirlar natijasida vazirlik markaziy apparati ilk marotaba “CERT International” xalqaro jamiyati tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, “ISO 37001:2025–Anti-bribery management systems” muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi.

Ushbu xalqaro tizim tibbiyot sohasida Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib joriy etilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы