Виртуальная приемная

Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati bo'yicha o'rganish o'tkazildi

Главные новости 1 518 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Qarshi shahri, Chiroqchi, Ko‘kdala, Yakkabog‘, G‘uzor tumanlarida sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, qurilish, kadastr va maktabgacha taʼlim sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida bir necha muhim masala o‘z yechimini kutmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umed Mavlyanov boshchiligidagi Ishchi guruhning Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlari natijasi shundan dalolat bermoqda.

O‘rganishlarda yuqorida qayd etilgan korrupsiya xavfi yuqori sohalardagi 65 ta hududiy bo‘linma va mahallalar faoliyati qamrab olindi.

Ular tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ayrim ishlar samarali tashkil etilmaganligi, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida “inson omili” hamon saqlanib qolayotganligini ko‘rsatdi.

Shu bois davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, ushbu hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha masʼullar bilan zarur vazifalar belgilab olindi.

Ushbu vazifalar sohalarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish, byurokratik tartiblarni bekor qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, aholining korrupsiyaga qarshi murosasizligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы