Виртуальная приемная

“O‘zbekneftgaz” AJda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat samaradorligi oshmoqda

Главные новости 879 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Huquqiy eksperiment doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan “O‘zbekneftgaz” AJning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining joriy yilgi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusi reja va vazifalar belgilab olindi.

Boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, ochiqlikni ta’minlash va xodimlar orasida halollik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha erishilgan ayrim natijalar:

Markaziy apparat tomonidan 632 ta, hududiy bo‘linmalar tomonidan esa 5 046 ta shartnoma va hujjat komplayens ekspertizasidan o‘tkazildi.

Monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 62 nafar mas’ul xodimga intizomiy choralar qo‘llandi.

Lavozimlarga tayinlanishi rejalashtirilgan 163 nafar nomzod bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, ulardan 3 nafari bo‘yicha salbiy xulosa berilib, tizimga kirishiga yo‘l qo‘yilmadi.

“Ochiq aloqa” platformalari orqali kelib tushgan 53 ta murojaatning 51 tasi o‘z vaqtida, ochiq va tezkor ko‘rib chiqildi.

Jamiyat tasarrufidagi korxonalarda 14 mingdan ortiq xodimni qamrab olgan seminar-treninglar tashkil etildi.

Manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasini to‘ldirish to‘liq elektron tizimga o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Похожие материалы