Виртуальная приемная

O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi pozitsiyalarini  yaxshilash masalalari muhokama qilindi

Главные новости 967 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Yevropa Ittifoqi, Germaniya Hukumati va Transparency International Latviya/DELNA ko‘magida tashkil etilgan Transparency International Bosh kotibiyati vakili bilan ishchi uchrashuvda O‘zbekistonning Transparency International tashkiloti Korrupsiyani qabul qilish indeksidagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash mexanizmlari muhokama qilindi.

Muhokamalarda O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida ijobiy tomonga o‘zgargan davlatlar qatorida eʼtirof etildi.

Tadbirda mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeini yanada yaxshilash va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bu borada asosiy eʼtibor sud va nazorat organlarining mustaqilligini kuchaytirishga qaratilmog‘i zarur. Shuningdek, hukumat qarorlari va davlat xarajatlari shaffofligini oshirish, davlat xaridlarining ochiqligi va raqobatbardoshliligini taʼminlash, davlat korxonalarini samarali boshqarish ham muhim vazifalardan sanaladi. Qonunlarni izchil va barqaror tarzda qo‘llashni taʼminlash, OAV va fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun xavfsiz muhit yaratish ham eʼtiborga molik.

— Bundan tashqari, mamlakatda professional va meritokratiyaga asoslangan davlat xizmatini rivojlantirish zarur,deb hisoblaymiz. Davlat organlari va biznesda xabar beruvchilarni himoya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilinishi ham muhim yutuq bo‘ladi, — dedi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy maslahatchi Altinay Mirzabekova.

Tadbirda bu kabi tavsiyalar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi pozitsiyalarini yaxshilash, shuningdek, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda tizimni xalqaro standratlarga moslashtirish jarayonida amaliy ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы