Виртуальная приемная

Özbekistonlik OAV vakillari korrupsiyaga qarşi kuraşişda suriştiruv jurnalistikasi böyiça Latviya tajribasini örgandi

Главные новости 252 просмотров

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi joriy yilda Boltiqböyi OAVni rivojlantiriş markazi va Riga oliy huquqşunoslik maktabi bilan hamkorlikda jurnalistlar va blogerlar uçun korrupsiyaga qarşi kuraşişda suriştiruv jurnalistikasini rivojlantirişga qaratilgan maxsus treninglar va ilk bor mentorlik dasturini amalga oşirmoqda.

Birinçi bosqiçda 2025-yil iyun va sentyabr oylarida jurnalistlar, blogerlar hamda jurnalistika yönalişi talabalari uçun umumiy trening maşğulotlari ötkazildi. Iştirokçilar suriştiruv jurnalistikasining asosiy tamoyillari, axborot töplaş va tahlil qiliş, korrupsiyaviy holatlarni aniqlaş hamda ularni jurnalistik materiallarda yoritiş, oçiq maʼlumotlar bilan işlaş, faktçekking böyiça bilim va könikmalarini oşirdi.

Ikkinçi bosqiç esa iştirokçilarning kasbiy salohiyatini individual maşğulotlar va mentorlik orqali yanada rivojlantirişga qaratildi.

Umumiy treninglarda qatnaşgan 40 nafar nomzod mentorlik dasturida iştirok etiş uçun ariza topşirdi. Ekspertlar baholaşi natijalariga köra, eng yuqori ball töplagan 15 nafar nomzod mentorlik bosqiçida iştirok etiş uçun saralab olindi. Mentorlik jarayonida loyiha ekspertlari iştirokçilar bilan individual işlab, ularga jurnalistik suriştiruv loyihalari konsepsiyasini işlab çiqiş va takomillaştiriş, tadqiqotni amalga oşiriş rejasini şakllantiriş hamda uni moliyalaştiriş uçun grant ajratilişiga ariza tayyorlaşda amaliy yordam körsatdi.

Natijada eng yaxşi jurnalistik suriştiruv loyihalari mualliflaridan 9 nafari öz taşabbuslarini amalga oşiriş uçun maxsus stipendiyalarga ega böldi.

2026-yil 9–13-noyabr kunlari mentorlik dasturi ğoliblari uçun Latviyaning Riga şahrida öquv taşrifi taşkil etildi.

Taşrif davomida iştirokçilar Latviyaning yetakçi media taşkilotlari, suriştiruv jurnalistikasi böyiça ixtisoslaşgan ekspertlar, televideniye, radio va internet naşrlari vakillari bilan uçraşmoqda. Şuningdek, davlat muassasalarining jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sohasidagi faoliyati bilan tanişib, jurnalistikada qöllanilayotgan ilğor yondaşuvlar va amaliy tajribani örgandi.

Öquv taşrifidan közlangan asosiy maqsad — korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida suriştiruv jurnalistikasini rivojlantiriş, xalqaro tajribani örganiş, jurnalistlarning kasbiy aloqalarini kengaytiriş hamda özlaştirilgan bilim va könikmalarni milliy media amaliyotiga tatbiq etişga kömaklaşişdan iborat.

Mazkur tadbirlar “Özbekistonda boşqaruvni takomillaştiriş — korrupsiyaning inklyuziv oldini oliş” loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda. Loyiha Yevropa Ittifoqi hamda Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalaştirildi.

Bu taşrif korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, jurnalistik suriştiruvlarni qöllab-quvvatlaş hamda OAV vakillarining kasbiy salohiyatini oşiriş borasida Agentlik tomonidan xalqaro hamkorlar bilan birgalikda amalga oşirilayotgan tizimli işlarning mantiqiy davomidir.

Xususan, korrupsiya haqida xabar beruvçi şaxslarni himoya qilişga qaratilgan qonun loyihasida korrupsiyaviy holatlar böyiça suriştiruv olib borayotgan jurnalistlarga himoya orderi beriş mexanizmi ham nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, Yevropa Ittifoqi kömagida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda jurnalistik suriştiruvlarning korrupsiyaga qarşi milliy ekotizimdagi örniga bağişlangan tadqiqot ötkazilib, sohadagi muammolarni bartaraf etişga qaratilgan taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.

OAV vakillarining korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi faolligini rağbatlantiriş maqsadida har yili Toşkent aksilkorrupsiya forumi doirasida jurnalistlarni taqdirlaş amaliyoti yölga qöyilgan.

Şuningdek, 2025-yilda OAV vakillari va blogerlarni sohaga keng jalb etiş, hududlarda 14 ta korrupsiyaga qarşi köngillilar guruhini şakllantiriş böyiça davlat buyurtmalari eʼlon qilindi.

2026-yilda esa “Korrupsiyaga qarşi fuqarolik taşabbuslari: suriştiruv jurnalistikasi va muqobil monitoring” hamda “Yangi Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş islohotlari: tarixga nazar” mavzularida grant tanlovlar ötkazildi.

Ayni paytda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida suriştiruv jurnalistikasini taşkil etiş va amalga oşiriş metodologiyasi ham işlab çiqilmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Похожие материалы