Виртуальная приемная

Murojaat yechimiga amaliy ko‘maklashildi

Главные новости 907 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda har tomonlama va xolisona o‘rganilib, qonun talablariga muvofiq ravishda adolatli hal etib kelinmoqda.

Xususan, 2025 yilda Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro S. Mirzayev tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Ishonch telefoni”ga bog‘lanishda qiyinchiliklar mavjudligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaat yuzasidan jamiyatning masʼul xodimlari hamda murojaatchi o‘rtasida o‘zaro muloqot o‘rnatilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы