Виртуальная приемная

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish holatlarini o‘rganish davom etmoqda

Главные новости 1 070 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.

Shunga ko'ra, Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari hamda xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik holatlari yuzasidan (Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida) o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlarda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 193-4-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik) tegishli qismlariga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmoqda.

Bugungi kunda jami 344 ta (jumladan, 224 tasi bo‘yicha jarima to‘lovlari amalga oshirilgan, 116 ta sud qarori ijro etilishi kutilmoqda va 4 tasi sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda) maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma “E-maʼmuriy ish” yagona axborot tizimi orqali tegishli sudlarga yuborildi.

Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish choralari ko‘rilmagan holatlar soha va yo‘nalishlar kesimida quyidagicha:

  • mahalliy hokimliklarda 212 nafar;
  • qishloq xo‘jaligida 31 nafar;
  • yoshlar bilan ishlash tizimida 24 nafar;
  • maktabgacha va maktab taʼlimida 13 nafar;
  • moliya sohasida 10 nafar;
  • bandlik sohasida 9 nafar;
  • kadastr sohasida 6 nafar;
  • sanitariya hamda favqulodda vaziyatlar tizimida 5 nafardan;
  • sog‘liqni saqlash hamda ekologiya sohalarida 4 nafardan;
  • veterinariya, sport, oliy ta'lim, adliya tizimida 3 nafardan;
  • madaniyat, investitsiya, suv xo'jaligida 2 nafardan;
  • oila va xotin–qizlar, qurilish hamda ilmiy-tadqiqot sohalarida 1 nafardan.

Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etmaslik holatlarining oldini olish choralari davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы