Виртуальная приемная

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi to‘rtinchi milliy maʼruza  Senatga taqdim qilindi

Главные новости 1 459 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Bugun Oliy Majlis Senatining 10-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza ko‘rib chiqildi. Maʼruzada aks ettirilgan masalalar haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov axborot berdi.

2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlashga qaratilgan 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari keng joriy etildi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.

Sohada davlat siyosati izchilligini taʼminlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi, ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan maʼlumotlar ro‘yxati 35 tadan 40 tagacha kengaytirildi.

Davlat xaridlarini raqobatli tarzda amalga oshirilishi natijasida 2024 yilda 13,8 trln so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.

Hozirda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 750 tadan oshdi (2023 yilda 570 ta edi).

2024 yilda pensiya tayinlash uchun ariza berish, tibbiy ma’lumotnoma olish (083), kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash, mehmonxona qurish uchun subsidiya olish, talabalar uchun ta’lim krediti olish va boshqa bir qancha xizmatlar elektron shaklga o‘tkazildi.

Ta’kidlash joiz, raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida O‘zbekistonning o‘rni 6 pog‘onaga yuqorilab, 196 ta davlat ichida 63-o‘rinni egalladi hamda indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokini kengaytirish uchun 1 mlrd 784 mln so‘mlik grant tanlovlari e’lon qilinib, ularning 82 foizi bevosita hududlarga yo‘naltirildi, 34 ta seminar-trening tadbirlarida 840 nafardan ortiq nodavlat sektor, OAV vakillari, jurnalist, blogerlar va boshqa shaxslarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

O‘tgan yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Istanbul harakatlar rejasi doirasida 5-bosqich monitoring o‘tkazilib, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga baho berildi. Jumladan, O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini samarali amalga oshirish yo‘nalishida 83,6 ball bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ijobiy yutuqlarga erishgani qayd etilib, eng yuqori o‘rinni egalladi.

Muhokamalarda senatorlar tomonidan davlatboshqaruvi maishiy korrupsiya bilan bog‘liq holatlar, barcha tizimda inson omilini keskin kamaytirishga e`tiborni kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatiorganlariningkorrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlaridagi masʼuliyatini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы