Виртуальная приемная

“Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yutuqlari uchun” xalqaro mukofotiga hujjatlar qabuli boshlandi

Главные новости 108 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan taʼsis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yutuqlari uchun” xalqaro mukofoti korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilg‘or yangiliklarni joriy etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi.

G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:

  • "Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi yutuqlari hamda uzoq yillik faoliyati uchun";
  • "Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi taʼlim va akademik tadqiqotlar uchun";
  • "Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yoshlar tashabbuslari va ijodi uchun";
  • "Innovatsiyalar va jurnalistik materiallar uchun";
  • "Sportni korrupsiyadan himoya qilish".

Nomzodlar qatoriga davlat idoralari va tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy muassasalar, nufuzli va tegishli nodavlat notijorat tashkilotlari va professional birlashmalarning masʼul shaxslari ham kiradi.

Nomzodlar faqat uchinchi shaxslar, yaʼni nomzodi ko‘rsatilayotgan shaxs yoki tashkilot emas, boshqa tashkilotlar, ilmiy muassasalar tomonidan ko‘rsatiladi.

Nomzod va uni taqdim etayotgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar ushbu havoladagi onlayn ariza shaklini (ingliz tilida) to‘ldirish orqali kiritilishi lozim.

🗓Hujjatlar 2024-yilning 1-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.

➡️Tanlov haqida batafsil ma'lumot aceaward.com veb-saytida.

Ma'lumot o'rnida: O‘tgan yili O‘zbekiston “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning 2023-yilgi sohiblarini tantanali taqdirlash marosimiga ilk marotaba mezbonlik qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы