Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati raqamlashtiriladi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Bugun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirlik va tizim korxonalarining komplaens xodimlari, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va “UZINFOCOM” mas’ul xodimlari ishtirokida “Raqamli komplaens” axborot-dasturiy kompleksini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur vazifa Davlat rahbarining PF-270-son Farmonida belgilangan bo‘lib, uning natijasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining faoliyati to‘liq raqamlashtirilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlarini barvaqt aniqlash, davlat xaridlari jarayonida kontragentlarni tekshirishda IT texnologiyalarni qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari o‘rtasida tezkor ma’lumot almashish, shuningdek, xizmat tekshiruvlari va monitoring tadbirlari davomida “Raqamli komplaens” axborot-dasturiy kompleksi va boshqa axborot resurslaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati