"Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasidir” mavzusida davlat granti tanlovi eʼlon qilindi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun "Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasidir” mavzusi uchun davlat granti tanlovini eʼlon qildi.
Tanlovda Respublikaning 14 ta hududidagi fuqarolik jamiyati institutlari ushbu mavzuga qaratilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 200 000 000 so‘mgacha.
Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Shuningdek, Jamoat fondining hududiy bo’linmalari tomonidan e’lon qilingan grant tanlovlarida hamkorrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi kiritilgan.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 150 000 000 so‘mgacha.
Arizalarni qabul qilish muddati — 30-may (soat 18:00 gacha).
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati