Виртуальная приемная

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi

Главные новости 2 300 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Joriy yilning 24-sentabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva hamda Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) referranti K. Probst uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Germaniya delegatsiyasini O‘zbekistondagi aksilkorrupsiya islohotlari bilan tanishtirish hamda BMZ moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning inklyuziv oldini olish” loyihasi joriy holati hamda istiqboldagi rejalari muhokamasidan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida xorijiy tomonga, shu jumladan, Korrupsiyaga qarshi virtual akademiya tashkil etilganligi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi hamda Agentlikning yangi loyihalari yuzasidan maʼlumot berildi.

O‘z o‘rnida, Germaniya tomoni O‘zbekistonda jurnalistlar va media xodimlarini salohiyatini oshirish, davlat xaridlari monitoringi sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish, yaʼni bunda sunʼiy intellektdan foydalanish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarni rolini oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Shu bilan bir qatorda K. Probst mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Germaniyaning sohadagi ilg‘or amaliyotlari haqida gapirib berdi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar yuqorida muhokama qilingan qo‘shma loyihalar ijrosini jadallashtirishga kelishib oldilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы