Konimex tumanida korrupsiyadan xoli hudud yaratiş böyiça işlar örganildi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda Navoiy viloyati Korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşi tomonidan Konimex tumanida korrupsiyaning oldini oliş, unga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş va aholi örtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar örganildi.

Asosiy maqsad — dasturda belgilangan çora-tadbirlar ijrosini baholaş, mavjud muammo va kamçiliklarni aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan zarur çoralarni belgilaşdan iborat.
Xususan, 2025-yil 30-dekabr kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori hamda Navoiy viloyati Korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşi raisi tomonidan tasdiqlangan “Konimex tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantiriş, aholi orasida unga qarşi murosasiz muhitni yaratiş böyiça çora-tadbirlar dasturi” ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.

Örganiş davomida tumandagi 2- va 12-umumtaʼlim maktablari, 10-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti hamda Çordara oilaviy şifokorlik punkti faoliyati joyiga çiqqan holda közdan keçirilib, dasturda belgilangan vazifalar ijrosi baholandi.

Jumladan, umumtaʼlim maktablarida “Öquvçi yoşlar — halollik tarafdori” ön kunligini taşkil etiş, GRACE taşabbusi doirasida işlab çiqilgan hamda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim tillariga tarjima qilingan korrupsiyaga qarşi mazmundagi kontentlarni taʼlim dasturlariga integratsiya qiliş, Face ID tizimini joriy etiş yönalişlardagi işlar holati örganildi.
Şuningdek, maktabgaça taʼlim va soğliqni saqlaş muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş, xizmat faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş hamda qonunçilik talablariga rioya etiş holatlari ham körib çiqildi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati