Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Подробнее
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Kadastr agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni 4-bandi hamda 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-son Farmonining 1-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda - Kadastr agentligi yoki Agentlik) tizimida sodir etilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar tahlil qilindi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimi joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi tizimida jami 33 ta shtat birligida komplayens nazorat xodimlari faoliyat olib bormoqda.

O‘tgan davr mobaynida Kadastr agentligida korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti, kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti, xodimlarning etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma, Kadastr agentligi tizimidagi xodimlarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Kadastr agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, xizmat tekshiruvi va o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar qabul qilingan.

Kadastr sohasini raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarni kamaytirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli kadastr arxiv fondida saqlanayotgan kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Natijada yerlar va ularning egalari haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilish ishlari 3-10 kundan bir necha soniyaga kamayishiga erishilgan.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron tanlov va elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tizimi joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-son Qaroriga asosan fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilandi.

Inson omilini kamaytirish va shaffof mexanizmni joriy etish hamda xodimlar bilan fuqarolarning bevosita uchrashuvi va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida kadastr sohasi bo‘yicha bugungi kunda 9 ta xizmat turi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, sohada manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha xodimlarga deklaratsiya to‘ldirish tizimi joriy etilgan, ishga qabul qilishda esa shaffoflikni taʼminlash maqsadida milliy vakansiyalar bazasining (ish.mehnat.uz) saytlariga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumotlar joylashtirib kelinmoqda. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (my.mehnat.uz) orqali xodimlar hamda ishchilarning soni, vakansiyalar, shuningdek, ishga joylashish uchun nomzodlarga ish beruvchilar tomonidan qo‘yiladigan malakaviy va boshqa talablar to‘g‘risidagi maʼlumotlar ham eʼlon qilib boriladi. Barcha toifadagi xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida ularga korrupsiyaga qarshi kurashish ichki tizimi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi meʼyoriy hujjatlar to‘plami tarqatilgan.

Kadastr agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jumladan, Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tezkor xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan bir qancha tadbirlar o‘tkazilgan.

Agentlik 2023 yilning may oyida “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgan.

Korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan shu kabi chora-tadbirlar kuchaytirilganligiga qaramasdan, kadastr sohasida hamon korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlar saqlanib qolmoqda.

Tahlillar kadastr sohasidagi korrupsiyaviy jinoyatlarning aksariyati xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik qilish, mansab soxtakorligi va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish yo‘nalishlarida sodir etilayotganligini ko‘rsatdi.

Sohada sodir etilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarning sabab va omillari tahlil qilinganda sodir etilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlar turi ularni sodir etgan shaxslarning ijtimoiy maqomi bilan bog‘liq ekanligi, Agentlik tizimida asosan egalik huquqini beruvchi hujjatlarni soxtalashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yer olib berish va yerdan foydalanish kabi holatlarda qonunbuzilishi holatlariga ko‘z yumish bilan bog‘liq korrupsiyaviy jinoyatlar ko‘proq sodir etilayotganligi hamda bunga xodimlarning o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashi, fuqarolarning esa huquqiy bilimi yetarli emasligi kabi omillar sabab bo‘layotganiligi aniqlandi.  Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ham korrupsiyaviy holatlar mavjud bo‘lib, jumladan, egalik huquqini beruvchi hujjatlarni soxtalashtirish orqali fuqarolar ham, xodimlar ham jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Bundan tashqari, kadastr tizimida faoliyat olib boruvchi o‘zini-o‘zi taʼminlashga ixtisoslashtirilgan Davlat kadastrlari palatasining huquqiy maqomi, majburiyatlari, nazorat mexanizmlari aniq belgilanmaganligi sohada korrupsiyaviy jinoyatlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni 28-moddasida korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emasligi qatʼiy belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, kadastr sohasida muqaddam sudlangan shaxslar faoliyat olib borayotganligi va yana takror jinoyatlar sodir etayotganligi maʼlum bo‘ldi. Birgina firibgarlik yo‘li bilan pora berishga dalolat qilish va pora berish jinoyatini sodir etgan 127 nafar shaxsning 33 nafari yoki 26 foizi muqaddam shu kabi jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.

Kadastr sohasida firibgarlik yo‘li bilan pora berishga dalolat qilish va pora berish jinoyatlari oson mulkiy daromad orttirish maqsadida ishonchni suisteʼmol qilish bilan bog‘liq yagona usulda sodir etilgan bo‘lsa, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlari turli xildagi korrupsiyaviy sxemalar asosida amalga oshirilgan.

Mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyatlari asosan yer ajratish tartibini buzish, qonunbuzilishi holatlariga ko‘z yumish, aniqlangan qonunbuzilishi holatlari haqida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermaslik yo‘nalishlarda sodir etilganligi maʼlum bo‘ldi. Ayniqsa, mahalliy hokimliklar huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyalarda kadastr sohasi xodimlari doimiy faoliyat olib borishi natijasida yer ajratish bilan bog‘liq jinoyatlar egalik huquqini beruvchi qarorlarni chiqarishga asos bo‘luvchi (qaror osti) hujjatlariga turli soxta maʼlumot va yozuvlarni kiritish, yerlarning toifalarini va egalarini o‘zgartirish kabi usullarda sodir etilganligi aniqlandi.

Mazkur jinoyatlarning sodir etilishiga oson pul topishga harakat qilish, ularda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murosasiz munosabat shakllanmagani, fuqarolarning o‘z huquqlarini yaxshi bilmasligi va muammolarini har qanday yo‘l bilan, hatto qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilishga intilishi, davlat xizmatchilarining ish haqlari kamligi, mansabdor shaxslar ustidan o‘rnatilgan jamoatchilik nazoratining sustligi hamda kadastr sohasida yagona, qatʼiy va mustaqil nazoratning yo‘lga qo‘yilmaganligi, sohaga muqaddam sudlangan shaxslarning ishga qabul qilinganligi hamda mahalliy hokimlik idoralari vakolatlarining samarali tartibga solinmaganligi kabilar asosiy sabab bo‘layotgan bo‘lsa, fuqarolar tomonidan sodir etilishiga esa shaxsiy manfaatdorlik, oson pul topish, ular o‘rtasida muntazam tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari yetarli darajada o‘tkazilmaganligi, jinoyat sodir etishning salbiy oqibatlari anglab yetilmagani sabab bo‘lmoqda.

Tahlillardan ko‘rinishicha, sohada korrupsiyaviy jinoyatlar uchun Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) bo‘limlarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq holatlarda korrupsiyaviy jinoyatlar 29 foizni tashkil qiladi. Bunga Davlat kadastrlari palatasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning kutilgan samara bermayotganligi hamda sohada yagona va qatʼiy nazorat o‘rnatilmaganligi sabab bo‘lmoqda.

Xususan, Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomining 3-bandiga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi Kadastr agentligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi hamda o‘z faoliyatida Kadastr agentligining o‘rinbosariga bo‘ysunadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi 7-xatboshisida Kadastr agentligi organlari davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga va jismoniy shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo qo‘llash vakolatiga ega ekanligi qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 266-1-moddasida Kadastr agentligi organlariga yuqoridagi huquqbuzarliklar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri maʼmuriy jarima tayinlash vakolati berilgan. Biroq, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilmaganligi bois Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari hozirda aniqlangan bitta holat yuzasidan tegishli maʼlumotlarni aniqlab, ishni sudga chiqarishi uchun o‘rtacha 7-10 kun vaqt sarflamoqda, bu esa xodimlarning ish unumdorligi va samaradorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

O‘rganish va tahlillar natijalari bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tizimda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Другие новости

Все новости