Виртуальная приемная

Jamg‘arma mablag‘lari haqidagi maʼlumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq eʼlon qilinishi nazorat qilinadi

Главные новости 1 601 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

"Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-60-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur Jamg‘arma resurslari hisobidan ajratilgan mablag‘lar yuzasidan hisobotlar, shu jumladan, qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va loyihalar kesimida ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning Yoshlar ishlari agentligi rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida va to‘liq eʼlon qilib borilishi ustidan nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

Nazorat tadbirlari natijalari keng jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Похожие материалы