Виртуальная приемная

IV Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tadi

Главные новости 1 961 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

17-oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda IV Toshkent aksilkorrupsiya forumi o‘tkaziladi.

Forumda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti, Xalqaro Narkotik moddalar va huquqni muhofaza qilish masalalari byurosi, Transparency International NNT (Latviya va Rossiya), Finlyandiyaning Qonun ustuvorligi markazi, shuningdek Gruziya, Qozog‘iston, Koreya, Litva, Malayziya, AQSH, Ozarbayjon, Xitoy, Gonkong, Tojikiston kabi mamlakatlarning antikorrupsiya idoralari rahbariyati va vakillari ishtirok etadi.

Forum dasturi yalpi majlis hamda quyidagi muhokama sessiyalaridan iborat:

"Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi davr: innovatsion texnologiyalar korrupsiyaning oldini olishning samarali vositasi sifatida";

“Korrupsiyaga qarshi madaniyat ijtimoiy ziddiyatni bartaraf etish vositasi sifatida;

“Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va muvofiqlik tizimlarini joriy etish: muammolar va istiqbollar”

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, doktor Akmal Burxonov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klar, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili doktor Oliver Stolpe va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining "Samarali davlat boshqaruvi" dasturi menejeri, doktor Viktor Kesslerning nutq so‘zlaydi.

Asosiy maʼruzachilar orasida Finlyandiya Qonun ustuvorligi markazi rahbari Tuya Braks, Litva Maxsus tergov xizmati direktori o‘rinbosari Elanas Yablonskas, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Oliver Stolpe, Koreya Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasining Halollikni o‘rgatish markazi direktori o‘rinbosari (onlayn) Yun So Yon, Gruziya Korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari Tamta Kachkachishvili, Xitoy CCDI va NCS intizomni tekshirish va nazorat qilish akademiyasining (CADIS) partiya kotibi va dekan o‘rinbosari Liu Shuo, Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisining birinchi o‘rinbosari Ulan Sarkulov, Saffolk okrugi prokuraturasining maxsus prokurori va Boston kolleji huquq maktabining professori Glenn Kunha kabi qator nufuzli ekspertlar o‘rin olgan.

Forum oldidan, 16-oktabr kuni nufuzli xalqaro tashkilotlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega ekspertlar ishtirokida qator sessiyalar tashkil etiladi.

Jumladan, O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Jahon bankining Halollik boshqarmasi o‘rtasida kadrlar tayyorlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘rganishlarni amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan O‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Agentlik rahbariyati O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xitoy Nazorat bo‘yicha milliy komissiyasi direktori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.

BMT GJB ekspertlari tomonidan “Aksilkorrupsiya siyosati hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish: strategiya va dasturlar”, Finlyandiya Qonun ustuvorligi markazi tomonidan “Davlat xizmatchilarida aksilkorrupsiya madaniyatini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar: Finlyandiya tajribasi”, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati vakolatxonasi (GIZ) Transparency International LATVIA, "Mintaqaviy muloqot" XNNT tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashda NNTlarning ishtiroki: milliy va xorijiy amaliyot” hamda BMTTD “Gender masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzularida muloqot va muhokamalar ham o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirlar davlat xizmatchilari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ommaviy axborot vositalari, soha mutaxassislariga korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalari, jahon amaliyotidagi dolzarb muammolar va ularning oqilona yechimlariga qaratilgan takliflar bilan tanishish imkoniyatini beradi.

Forum doirasida"Eng faol hududiy kengash," "Komplayens-nazorat tizimini samarali joriy etgan tashkilot," "Faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari uchun," "Korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etayotgan ommaviy axborot vositalari," "Korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo‘shgan jurnalist" nominatsiyalari bo‘yicha eng munosiblar taqdirlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы