Виртуальная приемная

Davlat tashkilotlarining ishonch telefonlari faoliyati o‘rganildi

Главные новости 1 387 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan qayta aloqa tizimlarining samaradorligi darajasi, shuningdek, ishonch telefonlari faoliyatining sifati “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri orqali o‘rganib borilmoqda.

Bunday tadbirlar orqali qayta aloqa tizimining samaradorligi darajasi telefon qo‘ng‘iroqlarga o‘z vaqtida javob berilishi, aloqa raqamlari orqali ariza, taklif va shikoyatlar qoldirish imkoniyati yaratilganligi, shuningdek, murojaat etuvchilarga real vaqt rejimida o‘zlari masʼul bo‘lgan sohaga oid tushuntirish va yuridik maslahatlar berish mexanizmi joriy etilganligi baholanadi.

Joriy yil 13-16 may kunlari Agentlik tomonidan 104 ta davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyati masofaviy monitoring tartibida o‘rganildi.

O‘rganishlarda qator vazirlik va idoralar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilingan idoraviy aloqa (ishonch telefonlari) raqamlari orqali bir necha bor bog‘lanishga harakat qilinganda qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi ishonch telefonlari esa ishchi holatda emasligi aniqlandi va holat yuzasidan masʼullar bilan bog‘lanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.

O‘rganish davrida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Yoshlar ishlari agentligining rasmiy veb-saytda eʼlon qilingan idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) raqamlari ishchi holatda emasligi aniqlandi.

Qayd etilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha ushbu vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritildi.

Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlaridagi qayta aloqa tizimlarining samaradorligi darajasini o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы