Виртуальная приемная

Davlat idoralarida ochiqlikka oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi muhokama qilindi

Главные новости 728 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining davlat idoralarida ochiqlikka oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosiga bag’ishlangan majlisi bo’lib o’tdi.

Unda, xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi va boshqa tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan 2024-yilgi “Ochiqlik indeksi”da “qizil” toifada baholangan tashkilotlarda joyiga chiqqan holda o’tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Ishchi guruh vakillari o’rganish o‘tkazilgan tashkilotlarda ochiqlikni taʼminlashga oid qonunchilik talablariga rioya etilishida ayrim tizimli muammolar saqlanib qolayotganini taʼkidladi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Indeks natijalari bo‘yicha “qizil” toifada baholangan Kinematografiya agentligi va Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyatlarining axborotlari eshitildi.

Majlis yakunida ushbu tashkilotlar faoliyatida ochiqlik darajasini oshirish, axborotlardan foydalanishda jamoatchilik uchun shaffoflikni taʼminlash borasida qator aniq vazifalar bo'yicha qo‘mita qarori qabul qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы