Виртуальная приемная

BMT TD bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik natijalari va kelgusi rejalar muhokama qilindi

Главные новости 1 058 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMT TD)ning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Karmanni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan loyihalarni sarhisob qilib, hamkorlik doirasida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Taʼkidlanganidek, ikki tashkilot tomonidan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma hamkorlik loyihasi doirasida Jizzax shahrida “Shaffof shaharlar”, Mirzo Ulug‘bek va Vobkent tumanlarida “Halol tumanlar” loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarini korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida ham birgalikda aniq va manzilli saʼy-harakatlar olib borildi.

U.Tuxtasheva ana shunday muhim maqsad va vazifalar o‘zaro aloqalarni sifat va mazmun jihatdan yanada boyitib, rivojlantirishga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bu boradagi ishlarning taʼsirchanligini oshirish, ahamiyati va samarasidan jamoatchilikni keng xabardor etish, erishilayotgan yutuqlarni ommalashtirish lozimligiga alohida urg‘u berdi.

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha mintaqaviy markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Anas Karman hamkorlikning salmoqli natijalarini eʼtirof etgan holda o‘zaro manfaatli aloqalarni kelgusida ham yangi surʼatlarda davom ettirish borasida taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlarda hamkorlik ishlarini jadallashtirish va o‘zaro manfaatli takliflarni istiqbolda amalga oshirishga kelishib olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы