Виртуальная приемная

Agentlikda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining tinglovchilari учун sayyor o‘quv darsi o‘tkazildi

Главные новости 2 046 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Joriy yilning 10-iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash учун zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari учун sayyor o‘quv darsi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumi ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Sayyor o‘quv darsida tinglovchilarga Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimini joriy qilish hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Taʼkidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan 80 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar, 4 ta davlat dasturi qabul qilindi.

117 ta davlat organlari va tashkilotlari, xususan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali 2022 yilda 24 ta, 2023 yilda 62 ta, joriy yilda 95 ta tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reyting baholandi.

“E-antikorrupsiya” loyihasi ishga tushirilib, 2023 yilda 39 ta davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 1 701 ta funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi baholangan bo‘lsa (177 ta funksiya – “yuqori”, 475 ta funksiya – “o‘rta” va 1049 ta funksiya – “past” darajada), joriy yilda 92 ta davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 7525 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi (495 ta funksiya – “yuqori”, 1541 ta funksiya – “o‘rta” hamda 5489 ta funksiya – “past” darajada).

O‘quv mashg‘uloti mobaynida shu kabi yangi tizimlarning muhim ahamiyati, ularni yana-da takomillashtirish masalalari xususida o‘zaro fikr almashildi.

Tinglovchilar “Manfaatlar тўқнашуви to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, xususan, qonun tatbiq etiladigan subyektlar doirasi, манфаатлар to‘qnashuvini tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik yuzasidan ham zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы