Виртуальная приемная

Agentlik va YXHT o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Главные новости 1 679 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, missiya rahbari Antti Karttunenni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Agentlik direktori janob elchini yangi lavozimga kirishishi bilan qutladi.

Shuningdek, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini baholash bo‘yicha “open.index” hamda ochiqlikka masʼul xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan “E-learning” platformalarini ishga tushirish, sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda YXHT ekspertlari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, YXHT loyihalari koordinatori mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi islohotlarida hamkorlikni davom ettirish tashkilotning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Muloqotda Agentlik va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari, xususan, “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish" loyihasi doirasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturidagi vazifalar ijrosi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, jumladan, 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Bu borada keng jamoatchilik o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarning samaradorligini baholashga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar, korrupsiya va gender masalalarida tadqiqotlar o‘tkazish, yoshlarga halollik qadriyatlarini singdirishga qaratilgan animatsion filmlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы