Виртуальная приемная

Agentlik direktori Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari bilan uchrashdi

Главные новости 631 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy barqarorlik va davlat boshqaruvi samaradorligiga salbiy taʼsiri, uning oldini olish bo‘yicha milliy va xalqaro huquqiy mezonlar, shuningdek, yoshlarda halollik, masʼuliyat va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash masalalari xususida so‘z yuritildi.

A.Burxonov davlat rahbari tomonidan yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch — ularning kelajagiga katta eʼtibor bilan bir qatorda, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim maʼnaviy tayanch ekanini taʼkidladi. “Vatanga sodiq, bilimli va faol yoshlar adolat va halollikni hayot mezoniga aylantirib, korrupsiyaga qarshi kurashda eng taʼsirchan kuchga aylanadi”, — dedi u.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan taʼlim jarayonida halollik standartlarini yanada keng joriy etish, shaffof boshqaruvni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы