O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish MILLIY KENGASHI - korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ.
Milliy kengash 48 nafar a’zodan iborat bo‘lib, ularning tarkibi vazirlik va idora rahbarlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Milliy kengashning raisi hisoblanadi.
Milliy kengash qabul qilgan qarorlar barcha davlat va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.
Milliy kengashning asosiy vazifalari:
- davlat va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
- korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Milliy Kengash) korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiruvchi va ishtirok etadigan organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ.
Milliy kengash qabul qilgan qarorlar barcha davlat va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi
TARKIBI
1. | T.K.Narbayeva |
| O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Milliy kengash raisi |
2. |
| — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, Milliy kengash raisining o‘rinbosari |
3. | A.E.Burxanov |
| O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori |
4. | X.B. Yodgorov | — | O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi |
5. | B.J. Islamov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi |
6. | N.T. Yo‘ldoshev | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori |
7. | B.A. Rashidov | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari |
8. | J.J. Shirinov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi |
9. | A.X. Eshmuratov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi |
10. | D.M. Saidjanov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari |
11. |
| — | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi |
12. | B.O. Saidov | — | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri |
13. | A.D. Tashkulov | — | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri |
14. | P.R. Bobojonov | — | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri |
15. | A. A. Xudayarov | — | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri |
16. | SH.X. SHermatov | — | O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri |
17. | J.A.Kuchkarov | — | Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri |
18. | B.E.Zohidov | — | O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri |
19. | K.A.Sharipov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
20. | X.U. Umarova | — | O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri |
21. | A.Y. Mavlonov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi |
22. | SH.D. Kudbiyev | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi |
23. | B.A. Begalov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori |
24. | Q.M. Rafikov | — | O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
25. | Sh.A. Ayupov | — | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti |
26. | H.S.Turaxujayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi |
27. | A.Z. Sa’dullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
28. | Sh.Sh. Soxibnazarov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i |
29. | X.T. Azizov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori |
30. | S.I. Samadov | — | O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i |
31. | I.R. Rustambekov | — | Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. |
32. | A.A. Jo’rabayev | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
33. | A.K. Ko‘chimov | — | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
34. | B.M. Bekmurodov | — | «Yuksalish» xalqaro harakati raisi |
35. | E.S. Tulyakov | — | «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori |
36. | K.N. Ishanxodjayev | — | O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi |
37. | SH.T. Qudratxo‘ja | — | O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi |
38. | D.A. Vaxabov | — | O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
39. | X.X. Salimov | — | O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi v.v.b. |
40. | N.X. Raximova | — | «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori |