Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Vazir har bir rahbar va xodimni o‘z xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga chaqirdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish, har bir rahbar va xodimni o‘z xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga chaqirdi.

Murojaatda ta'kidlanishicha, tizimdagi har bir tashkilot, muassasa rahbarlari hamda xodimlari korrupsion holatlarning oldini olish va unga chek qo‘yish uchun shaxsan mas'ul ekanliklarini chuqur anglab yetishlari zarur.

Bugungi kunda qurilish sohasida loyiha va pudrat tashkilotlarini jalb qilish jarayonlari to‘liq elektron tender tizimi orqali, inson omilisiz amalga oshirilmoqda. Xarid komissiyalari o‘rnini raqamli platformalar egallab, jarayonlar shaffoflashdi va qog‘ozbozlikka barham berildi.

Natijada so‘nggi 4 yil ichida davlat xaridlari yo‘nalishida korrupsiyaviy holatlar bartaraf etildi. Shuningdek, sohada ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Murojaatda Vazirlik faoliyatiga oid korrupsiyaviy xatti-harakatlar yoki qonunbuzarliklar haqida quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat yo'llash mumkinligi eslatib o'tildi:

📞 1298

☎️ (71) 210-11-04 (ichki 1066)

💬 @QurilishKomplaensbot

📩 komplaens@mc.uz

Ma'lumot o'rnida: Huquqiy eksperiment doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar