Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Batafsil
Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish organlari ikkinchi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi joriy yilning 26-27-noyabr kunlari Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti(IHT)ning Korrupsiyaga qarshi kurashish organlari ikkinchi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi.

Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu tadbirda IHTga aʼzo-davlatlar aksilkorrupsiya idoralarining korrupsiyaga qarshi hamkorlik toʻgʻrisidagi Makka konvensiyasini qoʻllash doirasini yanada kengaytirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari e'tibor markazida bo‘ldi.

Yig‘ilish doirasida delegatsiyamiz Saudiya Arabistoni va Indoneziyaning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli organlari, shuningdek, Xalqaro aksilkorrupsiya akademiyasi (IACA) rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar mobaynida O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan aksilkorrupsiya islohotlari to‘g‘risida xorijiy tomonga maʼlumot berilib, o‘zaro tajriba almashish mexanizmlari hamda istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashishning turli yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, Agentlik tomonidan rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan loyihalarda texnik, metodik va ekspertlik ko‘magi ko‘rsatishga kelishib olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar