Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Mintaqaviy platforma ishtirokchi davlatlarining vakillari uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 15-fevral kuni Agentlik masʼul xodimlari Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga qarshi siyosat. Biznesda korrupsiyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishni rag‘batlantirish” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.

Tadbirdan asosiy maqsad Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platforma ishtirokchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish, korrupsiya va xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini yana-da samarali qo‘llashdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

Unda mamlakatimiz hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul idoralari vakillari (onlayn tarzda) qamrab olindi.

Maʼlumot uchun: Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platforma BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yana-da samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida 2023 yilning noyabr oyida ishga tushirildi.

Platformaning o‘ziga xos vazifalaridan biri o‘zaro axborot va taʼlim almashish, bilimlarni boshqarish va mintaqada korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlar uchun forum tashkil etish, hamkorlikni muvofiqlashtirishni takomillashtirishdan iborat.

Ishtirokchi davlatlar tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini Markaziy Osiyoda jadal amalga oshirish bo‘yicha Mintaqaviy platformaning 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” imzolangan va bugungi kunda ushbu “Yo‘l xaritasi”da belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha ish olib borilmoqda. Mazkur seminar ham ana shu vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Seminarda xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, aktivlarni qaytarish va xalqaro hamkorlik strategiyalari, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, poraxo‘rlikka qarshi xalqaro standartlarni joriy etish mexanizmlari kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Mavzu yuzasidan Buyuk Britaniyaning London universiteti professorlari, korrupsiya va xufiyona iqtisodiyot muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borishda boy tajribaga ega bo‘lgan Mushtak Xan va Pallavi Roy maʼruza bilan ishtirok etdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar